Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
birga tavof aylamog'ini man' qilganida, «Qanday qilib man' qilg'aysen? Axir, Nabiy
sallallohu alayhi va sallamning ayollari ham erkaklar birlan birga tavof qilganlar-ku!» -
deb aytgandim»,- dedilar Ato raziyallohu anhu. Men u kishidan: «Chimmat
kiymoq farz
qilinishidan oldinmi, Keyinmi?»-deb so'radim. Ato raziyallohu anhu: «O'lay agar, yolg'on
so'zlasam, bu voqea chimmat kiymoq farz qilinganidan keyin bo'lgan erdi»,- dedilar.
Shunda men: «Qanday qilib ayollar erkaklarga aralashib, tavof aylamog'i mumkin?»-
deb so'radim. Ato raziyallohu anhu: «Ayollar erkaklarga aralashmas erdi. Masalan,
Oisha
onamiz erkaklardan narida, bir chekkada turib tavof qilayotganlarida,
bir ayol kelib, «Ey
mo''minlar onasi, yuringiz (Qora Toshni) o'pib, tavof aylag'aymiz!» - deganida, Oisha
onamiz: «Yo'q, o'zing boraverg'il!»-deb ko'nmagan erdilar. Lekin,
ayollar kechalari
yoping'ich yopinib, tavof qilgani chiqishardi. Ammo, erkaklar Ka'baga kirib ketishganda,
ular qaytib chiqqunlaricha poylab turishardi.
Erkaklar chiqqach, kirishardi. Men va Ubayd
ibn Umayr, Oisha onamia Sabiyr degan tog' darasida toat-ibodat birla mashg'ul bo'lib
turganlarida, huzurlariga bordik. Shunda men: «Oisha onamiz qanday chodirdalar?»-
deb sherigimdan so'radim. «Turkiy chodirdalar»,-deb aytdi.
Oisha onamiz birlan bizning
o'rtamizda o'sha chodirdan bo'lak to'siq yo'q erdi. Men Oisha onamizning qizil ko'ylak
kiyib olganlarini ko'rdim».
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat
qiladirlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga betobligimdan nolidim. Ul
kishi: «Ulovda odamlarga ergashib tavof aylag'il!» -dedilar.
Men tavof etdim, Janob
Rasululloh ersa, Ka'ba yonida namoz o'qib, «Va-t-Тиг» degan surani tilovat qildilar».
Do'stlaringiz bilan baham: