Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Makkaliklarning Batho va boshqa joyda turib, hojilarning esa, Minoga
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda oqiydir
- 84-bob. Minoda namoz oqimoq haqida
82-bob. Makkaliklarning Batho va boshqa joyda turib, hojilarning esa, Minoga
chiqqanida ehrom bog'lamog'i haqida Ato raziyallohu anhudan Makkaga yaqin joylarda yashaydirgan kishilarning hajga talbiya aytmoqlari to'g'risida so'rashdi. Ul kishi: «Ibn Umar raziyallohu anhu Tarviya kuni tuya ustida turib namoz o'qigach, talbiya aytar erdilar»,- dedilar. Abdumalik raziyallohu anhu Atodan, ul kishi ersa, Jobir raziyallohu anhudan eshitgan quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga kelib, Tarviya kunigacha ehromlarimizni yechib qo'ydik va Makkaga orqamizni qilib, hajga talbiya aytdik. Abu Zubayr: «Jobir menga, Bathoda turib ehrom bog'ladik, degandi»,- deydilar. Ubayd ibn Jurayj Ibn Umar raziyallohu anhuga: «Men sizning, Makkada ekanligingizda, odamlar yangi oy chiqqanini ko'rib, ehrom bog'lasalar ham, Tarvyya kunigacha ehrom bog'lamaganingizni ko'rdim»,- dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda o'qiydir? Abdulaziz ibn Rufay' rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan o'zingiz o'rgangan bir narsa haqida meni xabardor qilsangiz! Tarviya kuni ul kishi peshin va asrni qaerda o'qidilar?»-deb so'radim. Anas: «Minoda»,- dedilar. Men: «Nafr kuni (hojilar Minodan qaytadirgan kun) asrni qaerda o'qidilar?» - dedim. Anas: «Abtahda»,-dedilar-da, «Amidu umarolaring singari qilaverg'il!» - deb qo'shib qo'ydilar». Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Tarviya kuni Minoga chiqib, eshak minib ketayotgan Anas raziyallohu anhuni uchratdim. «Bugun Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni qaerda o'qidilar?» - deb u kishidan so'radim. Anas: «Umarolaring qaerda o'qisa, sen ham o'sha yerda o'qiyverg'il!» - dedilar». 84-bob. Minoda namoz o'qimoq haqida Ubaydulloh otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda ikki rak'at namoz o'qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon o'z xalifaligining dastlabki yillarida ikki rak'at o'qib, keyinchalik to'rt rak'at o'qishgan». Horisa ibn Vahb al-Xuzo'iy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda biz birlan ikki rak'at namoz o'qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon ham o'z xalifalig ining dastlabki yillarida qasr o'qib, keyinchalik to'la o'qiydirgan bo'lishgan»,- deydilar. Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ikki rak'at (farzni qasr qilib) namoz o'qiganman, keyin Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, Umar raziyallohu anhu birlan ham ikki rak'at namoz o'qidim. Keyinchalik ersa, sizlarning yo'llaringiz bo'linib ketdi (ya'ni, birovlar to'rt, boshqalar ikki rak'at o'qiydirgan bo'ldi). Qani endi, to'rt rak'at o'rniga o'sha maqbul ikki rak'at namoz o'qilsa!» - dedilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling