Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Safo va Marvada sa'y qilmoqqa doir xabarlar
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
80-bob. Safo va Marvada sa'y qilmoqqa doir xabarlar
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Baniy Abbod hovlisidan Baniy Abu Husayn ko'chasigacha bo'lgan masofada sa'y qiling'aydir»,- deydilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'baning dastlabki tavofini ado etsalar, uch marta yo'rtib chopardilar va to'rt marta oddiy yurish qilar erdilar. Safo va Marvani tavof aylasalar, ular oralig'ida joylashgan selxona bo'ylab sa'y qilar erdilar»,- deydilar. Ubaydulloh ibn Umar: «Abdulloh ibn Umar yamaniy ustun oldiga kelganda odatdagidek yurarmidilar, deb Nofi'dan so'radim»,- deydilar. Shunda Nofi': «Yo'q, yamaniy ustun oldida odamlar ko'payib ketgandagina shunday qilard ilar, chunki ul kishi ustunni o'pib tavof qilmay qo'ymas erdilar»,- deb javob qilgan ekan. Amr ibn Dinor: «Biz Ibn Umar raziyalloho' anhudan umrada Ka'bani tavof aylab, Safo va Marva orasini tavof qilmagan kishi ayoliga yaqinlashadirmi, deb so'radik»,- deydilar. Shunda, Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka'bani yetti marta tavof ayladilar, Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak'at namoz o'qidilar, so'ng Safo va Marva orasida yetti marta sa'y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi namunalar bordir!»- deb aytdilar»,- deb javob qilibdir. Amr ibn Dinor: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan shu haqda so'raganimizda, u kishi «Safo va Marvada sa'y qilmaguncha, ayoliga mutlaqo yaqinlashmasligi kerak» deb aytdilar»,- deydilar. Amr ibn Dinor: «Men Ibn Umar raziyallohu anhuning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka'bani tavof ayladilar, so'ng ikki rak'at namoz o'qidilar, keyin Safo va Marvada sa'y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar bordir» degan oyatni o'qidilar» - deganini eshitdim»,- deydilar. Osim raziyallohu anhu: «Safo va Marva orasida sa'y qilmoqni yoqtirmasmi erdingiz, deb Anas ibn Molikdan so'radim»,- deydilar. Anas: «Ha, chunki u johiliya davri udumlaridan erdi, hatto Olloh taolo «Safo va Marva Olloh taoloning udumlaridan biridir, kim Ka'baga haj qilg'aydir yokim umra qilg'aydir, Safo va Marvani tavof aylamog'idan gunohkor bo'lmag'aydir» degan oyatni nozil qilgan»,-dyob javob beribdirlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'bani tavof aylab, Safo va Marva orasida mushriklarga o'z kuch-quvvatlarini ko'rsatib qo'ymoq uchun sa'y qildilar»,- deydilar. Shunga o'xshash hadisni Humayd ham aytib bergan. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling