Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o'qib turishsin», deb tunda


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

98-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o'qib turishsin», deb tunda 
Muzdalifaga yuborgan va ularni oy botgandan keyin qaytarib olib kelgan kishi


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
xususida
Solim rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu oilalaridagi zaif odamlarni 
tunda Muzdalifaga yuborar erdilar, ular o'sha yerdagi Al-Mash'ar ul-Harom oldida turib, 
qo'llaridan kelgancha Olloh taoloni zikr qilishardi va imom vuquf qilib qaytmasidan oldin 
qaytishardi. Ulardan ayrimlari Minoga bomdod o'qishga borishardi va ba'zilari shundan 
keyin Jamraga borib, tosh otishardi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam ularga shunday qilmoqqa ruxsat berdilar»,- deydilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu. alayhi va sallam meni Jam'dan 
kechasi jo'natdilar»,- deydilar.
Ibn Abbrs raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o'z 
oilalaridagi zaif odamlarga qo'shib Muzdalifaga jo'natgan kishilardan biridirman»,- 
deydilar.
Asmoning mavlosi Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jam' kechasi Asmo Muzdalifaga kelib
namoz o'qimoqqa tutindilar. Bir soatcha namoz o'qib, so'ng: «Ey o'g'lim, oy botdimi?» - 
deb so'radilar. Men: «Yo'q»,- dedim. Tag'in bir soatcha namoz o'qib: «Oy botdimi?» - 
deb so'radilar. Men: «На»,- dedim. Ul kishi: «Qo'zg'olingiz!»- dedilar. Biz yig'ishtirinib, 
yo'lga tushdik. Tosh otib, uylariga qaytib kelgach, bomdod o'qidilar. Shunda men: 
«Namozni qorong'iroq vaqtda (ertaroq) o'qib qo'ydik, shekilli?» - dedim. Ul kishi: «Ey 
o'g'lim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taxti ravonli ayollarga bomdodni ertaroq 
o'qimoqqa ruxsat berganlar»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Jam' kechasi Savda Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan 
oldinroq ketmakka ruxsat so'radi, chunki u juda sekin yurardi. Shunda, Janob Rasululloh 
unga ruxsat berdilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Muzdalifaga keldik. Savda qadami vazmin 
bo'lganligidan tiqilinchda qolib ketmasligi uchun Minoga oldinroq ketmoqqa Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat so'radi. Janob Rasululloh unga ruxsat berib erdilar, 
u ertaroq yo'lga chiqdi. Biz tong yorishguncha o'rnimizda qoldik. Keyin, Janob Rasululloh 
qo'zg'olishlari birlan biz ham qo'zg'oldik. Men ham Savda kabi Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamdan ertaroq ketmakka ruxsat so'rasam bo'lar erdi, lekin ul kishi birlan 
birga bo'lmoqdan saodatliroq narsa yo'qdir!»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling