Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

qilganlari haqida
Sa'id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu Arafa kuni Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga qaytib kelayotganda, Janob Rasululloh 
orqalaridan kelayotgan qattiq baqir-chaqir va tuyaga urilgandagi qamchi tovushlarini 
eshitib, ularga qamchilari birlan ishora qildilar-da, «Ey odamlar, tinchlik saqlangiz, 
shoshqaloqlik birlan xayriyatga erishib bo'lmag'aydir»,- deb aytdilar».
95-bob. Muzdalifada ikki namozni bir qilib o'qimoq haqida
Kurayb Usoma ibn Zayd raziyallohu anhudan bunday deb eshitgan ekanlar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytdilar. Shunda, yo'l-yo'lakay darada tushib, 
tahorat ushatdilar. So'ng, yeng il-elpi tahorat old ilar. Men: «Namoz vaqti bo'ldimi?» - 
dedim. Janob Rasululloh: «Namozga hali erta»,-dedilar. Muzdalifaga kelgach, yaxshilab 
tahorat old ilar, keyin namoz boshlandi, shorn o'qidilar. So'ng, har kim o'z tuyasini 
belgilangan joyga olib borib cho'ktirdi. Keyin, namoz boshlandi, xufton o'qidilar, lekin 
ikkala namoz orasida nafl o'qimadilar».
96-bob. Ikki namozni qo'shib o'qib, orasida nafl o'qimagan kishi xususida
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jam'da 
(Muzdalifada) shorn birlan xuftonni, har biriga alohida iqomat (takbir) aytib, qo'shib 
o'qidilar, lekin ularning orasida ham, ulardan keyin ham nafl o'qimadilar».
Abu Ayyub Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzdalifada, Hajjat o'l-Vido' 
paytida, shorn birlan xuftonni qo'shib o'qidilar»,- deydilar.
97-bob. Har bir namozga aloxida azon va iqomat (takbir) aytmoq to'g'risida
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu haj 
qildilar. Muzdalifaga xuftonga azon aytiladirgan yoki shunga yaqin paytda yetib keldik. 
Bir kishiga buyurib erdilar, azon va takbir aytdi, keyin shorn o'qidilar, keyin ikki rak'at 
namoz o'qidilar, so'ng kechki ovqatni olib kelmakni buyurdilar. Tanovul qilib bo'lib, bir 
kishiga yana buyurdilar shekilli, azon va takbir aytdi (Amr raziyallohu anhu: «Yuqoridagi 
gaplarga Zuhayrdan boshqa hech kim shubha bildirmadi»,- deydilar). Keyin, ikki rak'at 
xufton o'qidilar. Tong otgach, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuddi shu kuni, shu 
paytda va mana shu joyda shu namozdan boshqa namoz o'qimas erdilar, kechikib 
o'qilgan ikki namozdan biri -odamlar Muzdalifaga kelgandan keyin o'qilgan shorn 
namozidir, ikkinchisi - tong yorishib ketgandan keyin o'qilgan bomdod namozidir, men 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko'rganman»,- dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling