114-bob. Yo'lda jonliq sotib olib, uning bo'yniga belgi osgan kishi haqida
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zubayr raziyallohu anhu xalifaligi
davrida, Haruriya haji yili haj qilmoqchi bo'ldilar. Shunda ul kishiga: «Odamlar o'zaro
urushmoqdalar, ular sizning haj qilmog'ingizga mone'lik etishmasa, deb qo'rqg'aymiz»,-
deyishdi. Ibn Umar «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- degan oyatni
o'qib, «Agar shunday qilsalar, Janob Rasululloh kabi ish tutg'aydirmen, sizlarning
huzuringizda o'zimga umrani vojib qildim, deb e'lon etg'aydirmen»,- dedilar. Shundan
so'ng, ul kishi umraga ehrom bogladilar. Keyin, Baydo'ga kelib, bir yo'la ham haj, ham
umraga talbiya aytdilar-da, «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir. men haj va
umrani birga qo'shib ado etg'aymen, deb sizlarni guvoh qilurmen»,- dedilar. So'ng,
jonliq sotib olib, bo'yniga belgi osdilar-da, Makkaga jo'natdilar. O'zlari (ham) Makkaga
kelgach, Ka'bani tavof aylab, Safoda sa'y qildilar, bundan ortiq hech narsa qilmadilar.
Nahr kunigacha ehrom bog'laganlarga man' etilgan ishlarni qidmadilar. So'ng, sochlarini
oldirib, jonliqlarini zabh qildilarda, Ka'bani bir marta tavof qilganlaricha haj va umrani
ado etdim, deb hisobladilar. Keyiy: «Nabiy sallalloho' alayhi va sallam ham shunday
qilgan erdilar»,-deb qo'ydilar».
115-bob. Erkak kishining o'z xotinlari nomidan, ular aytmagan bo'lsa ham, sigir
zabh qilmog'i to'g'risida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
birlan birga faqat haj qilmoq niyatida Zulqa'da oyining oxirgi besh kunligida yo'lga
chiqdik. Makkaga yaqinlashganimyzda Janob Rasululloh: «Kimning jonlig'i bo'lmasa,
Ka'bani tavof aylab, Safo va Marvada sa'y qilgandan keyin, ehromini yechsin!» - deb
farmon berdilar. Nahr kuni kelgach, bizga sigir go'shti olib .kelishdi. Shunda men: «Bu
nechuk go'shtdir?»- deganimda, «Rasululloh zaifalari nomidan sigir zabh qildilar»,- deb
aytishdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |