Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Jonliqni qaeri yeyiladir, qaeri sadaqa qilinadir?
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 125-bob. Soch oldirmasdan ilgari jonliq soyish haqida.
124-bob. Jonliqni qaeri yeyiladir, qaeri sadaqa qilinadir?
Umar raziyallohu anhu: «Ov qilingan yokim so'yilgan hayvonning sadaqa etilgan go'shtidan egasi yemag'aydir, undan boshqa go'shtlarini yesa bo'lur»,- deydilar. Ato: «Mut'a go'shtidan uning egasi ham, boshqalar ham yeydir»,- deydilar. Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ato raziyallohu anhu: «Men, Jobir ibn Abdullohning «Minoda o'zimiz so'ygan jonliqlar go'shtidan uch kundan ortiq» yemas erdik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga: «Tanovul ham qilingiz, saqlab ham qo'yingiz!» - dedilar. Biz aytganlaridek, ham yeb, ham saqlab qo'yadirgan bo'ldik» deganini eshitdim»,- dedilar. Men: «Jobir, Madinaga kelgunimizga qadar, deb aytdimi?» - dedim. Ato: «Yo'q»,- dedilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulqa'da oyining besh kuni qolganda yo'lga chiqdik, haj qilmoqdan boshqa niyatimiz yo'q erdi. Makkaga yaqinlashganimizda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlikka jonliq yetaklab kelgan ersa, Ka'bani tavof aylagandan so'ng ehromini yechsin!» - deb farmon berdilar. Ittifoqo, Nahr kuni bizga go'sht keltirishdi. «Bu nedir?»- deb so'raganimda, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan qurbonlikka mol so'ydilar»,- deyishdi». 125-bob. Soch oldirmasdan ilgari jonliq so'yish haqida. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Jonlig'ini so'ymoqdan oldin sochini oldirib qo'ysa, ne bo'lg'aydir?» -deb so'rashdi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo'q, zarari yo'q»,- deb javob qildilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Tosh otmasdan burun tavof qilib qo'yibdirmen, endi ne bo'lg'aydir?»-deb Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy so'radi. Janob Rasululloh: «Hechqisy yo'q, hechqisi yo'q»,-dedilar. «Jonlig'imni so'ymasdan oldin soch oldirib qo'yibdirmen»,- degan erdi, «Zarari yo'q»,- deb javob qildilar. «Tosh otmasdan burun jonlig'imni so'yib qo'yibdirmen»,- deganida ham «Hechqisi yo'q»,- dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir kishi: «Kech kirganda tosh otibdirmen?» - dedi. Janob Rasululloh: «Zarari yo'q»,- dedilar. «Qurbonlik qilmasdan burun soch oldirib qo'yibdirmen»,- dedi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo'q»,- dedilar». Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathodaliklarida, huzurlariga bordim. «Haj qildingmi?» - dedilar. «На»,- dedim. «Nimaga ehrom bog'lading?» - dedilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog'lagan bo'lsalar, o'shanga»,- dedim. «Yaxshi qilibdirsen, borib Ka'bani tavof etg'il, so'ng Safo va Marvada sa'y aylag'il!»-dedilar. Keyin, Baniy Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, u sochimni tozaladi, so'ng hajga ehrom bog'ladim. Keyin men Hazrat Umar xalifa bo'lgunlariga qadar, «Sizlar ham shunday qilingizlar!» deb boshqalarga fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo'lganlarida buni aytgan erdim, ul kishi: «Agar Qur'onni olib o'qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob Rasulullohning sunnatlariga rioya etmrq buyurilganlig'ini anglag'aydirmiz, chunkim Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar»,- deb aytdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling