105-bob. Yo'lda jonliq sotib olgan kishi haqida
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalariga: «Bu
yil haj qilmay turingiz, chunkim men odamlar o'rtasida urush bo'lmasligiga amin
emasman, (kofirlar) sizni Ka'baga qo'ymasliklari mumkin»,-dedi. Otalari: «Shunday
qilynsa, unda men Janob Rasululloh singari ish tutgaydirman. Olloh taolo: «Rasulullohda
sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- deydir. Men sizlarni guvoh qilib, o'zimga
umrani vojib etdim, deb e'lon qilg'aymen»,- dedilar. Shundan keyin, ul kishi umraga
ehrom bog'ladilar. Keyin, Baydo'ga kelib, bir yo'la ham haj, ham umraga tahlil aytdilar-
da: «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir»,- dedilar, Keyin, Qudayddan jonliq
olib, Makkaga keldilar, so'ng haj va umra uchun Ka'bani bir marotaba tavof qildilar, haj
va umrani to'la-to'kis ado etmagunlaricha ehromlarini yechmadilar».
106-bob. Zulhulayfada tuyasining bo'yniga kavsh osib, qurbonlik ekanligini
belgilab qo'ygan kishi xususida
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Madinadan jonliq tuya haydab
kelsalar, Zulhulayfada uni qiblaga qaratib cho'ktirib, belgi sifatida (bo'yniga) kavsh osib
qo'yardilar, keyin o'rkachiga pichoq sanchib, atrofiga qon birlan chiziq chizar erdilar».
Misvar ibn Maxrama va Marvon rivoyat qilishadir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir
necha yuz sahobalari birlan yo'lga chiqdilar. Zulhulayfaga yetganlarida tuyalari bo'yniga
kavshlarini osib, ham o'rkachini qonatib, qurbonlik ekanligini belgilab qo'ydilar, so'ng
umraga ehrom bog'ladilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalari
bo'yniga belgi bog'lamoq uchun o'z qo'lim birlan ip yigirib berdim. Janob Rasululloh u
birlan belgi bog'ladilar, keyin o'rkachini qonatib, chiziqlar chizib qo'ydilar-da, (hajga)
jo'natdilar. Shunda, ul kishi hajda qilinmaydirgan ishlardan mahrum bo'lmadilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |