Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Odamlar bor joyda o'zini panaga olib g'usl qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

21-bob. Odamlar bor joyda o'zini panaga olib g'usl qilmoq
Abu Tolibning qizi Ummu Honi' bunday degan ekan: «Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamning uylariga Makka fath bo'lgan yili bordim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
g'usl qilayotgan ekanlar. Qizlari Fotima pana qilib turgan ekanlar. Shunda Rasululloh: 
«Kim bu?»—dedilar. Men: «Ummu Honi'man»,— dedim».
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni jimo'dan so'ng 
g'usl qilayotganlarida to'sib turdim. Avval qo'llarini yuvdilar, so'ng o'ng kaftlaridagi suvni 
chapiga olib, olatlarini yuvdilar, keyin qo'llarini yerga yoki devorga ishqab yuvib 
tashladilar, keyin namozga tahorat olgandek tahorat old ilar, oyoqlarini yuvmadilar. 
Shundan so'ng butun badanga suv quyib yuvindilar-da, chetga chiqib oyoqlarini 
yuvdilar». Abu Uvona va Ibn Fazil ham g'usl qilayotganda o'zni panaga olmoq xususida 
shu hadisni zikr qilgan.
22-bob. Xotin kishi ihtilom bo'lib (bulg'anib) qolsa...
Ummu Salama bunday degan ekanlar: «Abu Talhaning xotini Ummu Sulaym Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Alloh taolo haq 
narsadan uyalmoqni buyurmaydi. Agar xotin kishi ihtilom bo'lib qolsa, g'usl lozimmi?»— 
deb so'rabdi. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ha, agar nam kelganini 
ko'rsa (lozimi nam bo'lib qolganini sezsa)»,— dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
23-bob. Junub kishining (uyatdan) terlagani va mo'min kishining yuvuqsiz 
yurmasligi xususida
Abu Rofi' bunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Madina ko'chalaridan birida Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamga junub holda yo'liqib qoldi. U Rasulullohdan o'zini chetga 
olib, sekingina g'oyib bo'ldi. Bir ozdan so'ng g'usl qilib, qaytib kelganida: «Qaerda eding, 
ey Abu Hurayra?»—dedilar. «Junub edim, siz bilan порок holda o'tirmoqni lozim 
ko'rmadim»,— dedi Abu Hurayra. Shunda: «Subhonalloh, mo''min kishi, hech vaqt 
порок bo'lmaydi»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling