84-bob. Masjidda davra olib o'tirmaknikg joizligi
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan
minbarda turganlarida: «Kechasi o'qiladirgan namoz to'g'risida ne deysiz?» — deb
so'radi. Janob Rasululloh: «Ikki rak'atdan-ikki rak'atdan o'qiydir, tong otib qolmog'idan
xavfsiraganda, bir rak'at o'qiydir, o'qiganlari vitr o'rnig'a o'tg'aydir»,— dedilar. Hazrat
Umar: «Tungi namozingizni toq o'qingiz, chunkim Rasululloh shunday deb
buyurganlar»,— deganlar».
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda va'z
aytib turganlarida bir kishi kelib: «Tungi namoz qanday o'qiladir?» — dedi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Ikki rak'atdan-ikki rak'atdan, tong otib qolmog'idan
qo'rqsang, bir rak'at o'qiydirsan, o'qiganlaringning hammasi vitr o'rniga o'tg'aydir»,—
dedilar». Ibn Umarning boshqa bir rivoyatlari «Rasululloh masjidda turganlarida bir kishi
dedi» deb boshlangan.
Abu Voqid al-Laysiy quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
masjidda (jamoat birlan birga) o'tirganlarida uch kishi keldi. Shundan ikkitasi Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning yonlariga keldi, bittasi ersa qaytib ketdi. Boyagi ikki
kishining biri davradan bo'sh joy topib o'tirdi, ikkinchisi ersa davrada o'tirganlarning
orqa tomoniga kelib o'tirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suhbatni
tamomlagach: «Sizga uch kishi to'g'risida bashorat aytaymi? Birinchisi Ollohga o'zini
topshirdi (dilida Ollohdan joy so'radi), Olloh unga joy berdi, ikkinchisi ersa (davrani
tashlab ketmoqqa) Ollohdan uyaldi, Olloh ham (unga azob bermoqdan) uyalg'aydir.
Ammo uchinchisi (Rasululloh majlisidan) yuz o'girdi, Olloh ham undan yuz o'girdi», —
dedilar». '
85-bob. Masjidda cho'zilib va oyoqni uzatib yotmoq haqida
Ibod ibn Tamim amakilari Abdullohdan eshitib, rivoyat qiladilar: «Abdulloh Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning masjidda bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo'yib
chalqancha yotganlarini ko'rdilar. Sa'id ibn Musayyab: «Hazrat Umar va Usmon ibn
Affonlar ham shunday qilishar erdi»,— deydilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |