Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
104-bob. Ayolning orqa tarafida nafl namozi o'qimoq
Oisha onamiz bunday degan edilar: «Oyog'imni
uzatib yotgan erdim, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam kelib oyoq tomonimda namoz o'qiy boshladilar. U kishi sajda
qilayotganlarida meni turtib qo'yardilar, men oyog'imni yig'ishtirib olardim, qiyomga
tursalar, uzatib yuborardim. O'sha paytlarda uylarda chiroq bo'lmas erdi».
105-bob. Namozxon oldidan har qanday narsa o'tsa ham, namoz buzilmaydir,
deydiganlarning dalili
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ollohga qasam ichib ayturmankim, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam namoz o'qiyotganlarida o'rin-to'shakda
u kishining qibla
tomonlarida yonboshlab yotgan erdim. O'rnimdan turib ketay desam, u kishiga qibla
bo'lib qolib, ozor berib qo'yg'ayman. Shunda sekingina o'rnimdan sug'urilib
chiqdim-da,
oyoqlari yonidan o'tib ketdim».
Ya'qub ibn Ibrohimdan akasining o'g'li Ibn Shihob namozni buzadirgan narsalar
to'g'risida so'rabdir. Shunda Ya'qub ibn Ibrohim: «Namozni hech narsa buzmaydir», —
deb javob beribdir.
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib
namoz o'qir erdilar, men esam u kishining qibla tomonlarida o'rin-to'shakda
uzala tushib
yotar erdim».
Do'stlaringiz bilan baham: