Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro'parasiga sanchib qo'yilgan nayzaga qarab namoz o'qimoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

92-bob. Ro'parasiga sanchib qo'yilgan nayzaga qarab namoz o'qimoq
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
ro'paralariga nayza sanchib qo'yishar erdi, o'shanga qarab namoz o'qir erdilar».
93-bob. Uchi nayza hassaga qarab namoz o'qimoq
Avn ibn Abu Juhayfa quyidagini otam aytib bergandilar, dedilar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam kun qizigan paytda bizning oldimizga chiqdilar, tahorat old ilar, so'ng biz 
birlan peshin va asrni o'qidilar. Ro'paralariga uchi nayza hassalari sanchib qo'yilgan 
bo'lib, ayollar va eshaklar uning narigi tomonidan o'taverardi».
Ato ibn Abu Maymuna quyidagini Anas ibn Molikdan eshitdim, dedilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam, agar hojatga chiqsalar, men va bir xizmatkor bola nayza yoki 
hassa yohud uchi nayza hassa (namozda ro'paraga sanchib qo'ymoq uchun) hamda suv 
olib, orqalaridan ergashar erdik. Hojatlaridan bo'shaganlarida idishdagi suvni berar 
erdik».
94-bob. Makkai Mukarrama va boshqa joylarda namozxon oldiga sutra (to'siq) 
qo'yish
Abu Juhayfa naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, tush paytida yo'lga 
chiqib, Batho degan joyda ro'paralariga uchi nayza hassani sutra (to'siq) qilib sanchib 
qo'ydilar-da, peshin va asrni ikki rak'atdan (sunnat va farzini) o'qidilar. Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam tahorat olganlarida tushgan suvni odamlar olib, badanlariga 
surta boshladilar».
95-bob. Ustunga qarab namoz o'qimoq
«Masjiddagi ustunlar, ularga suyanib gaplashib o'tirgan bekorchilardan ko'ra, 
namozxonlarga kerak!» — deganlar Hazrat Umar, Hazrat Umar ikki ustun oralig'ida 
namoz o'qiyotgan bir kishini ko'rib: «Ustunga yaqinroq borib namoz o'q ig'il!» — dedilar.
Yazid ibn Abu Ubayd dedilar: «Salama ibn al-Akva' birlan birga (masjidga) kelgan erdim, 
(Abu Muslim) Usmon Mushafi yonidagi ustun oldida namoz o'qiyotgan erkan. Men: «Ey, 
Abo Muslim, siz doim shu ustun ro'parasida namoz o'qimoqni yaxshi ko'rasiz-a?» — 
dedim. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning doim shu ustun ro'parasida 
namoz o'qiganlarini ko'rganman»,—dedilar».
Anas raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam sahobalarining 
kiborlari mag'rib tomondagi ustunlar tagidan joy olmoqqa shoshilayotganlarini ko'rdim». 
Shu'ba raziyallohu anhu ushbu hadisga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
(masjidga) chiqqunlaricha», deb qo'shib qo'ydilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling