Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
Abu Solih rivoyat qiladilar: «Jum'a kuni men Abu Sa'idning ro'parasiga sutra (to'siq)
qo'yib olib namoz o'qiyotganini ko'rdim (boshqa bir hadisda, bu voqeani Janob
Rasululloh
aytib bergandilar, deyiladi). Abu Mu'it qabilasiga mansub bir bola uning
oldidan o'tmoqchi bo'ldi. Abu Sa'id bolani ko'kragidan itarib qaytardi. Bola boshqa
o'tadigan joy topmasdan uning oldidan o'tgani yana qaytib keldi. Abu Sa'id
bolani
qattiqroq itardi. Bolaning jahli chiqib Abu Sa'idni haqorat qildi-da, Marvon huzuriga
shikoyat qilgani kirib ketdi. Abu Sa'id ham uning ketidan kirdi. Marvon: «Ey, Abu Sa'id,
jiyaningiz (bu bola) birlan sizning orangizda ne o'tdi?»—dedi. Abu Sa'id: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning «Agar birortangiz sutraga (to'siqqa)
qarab namoz
o'qiyotganingizda biror kishi sutra birlan sizning orangizdan o'tmoqchi bo'lg'aydir, uni
qaytaringiz, agar unamag'aydir, urib qaytaringiz, chunkim u shaytondir!» — deganlarini
eshitganman»,— dedi».
101-bob. Namoz o'qiyotgan odamning oldidan o'tuvchi kishining gunohi
Abdulloh ibn Yusuf quyidagi hadisni aytib berdilar: «Zayd ibn Xolid Umar ibn
Ubaydullohning quli Abunnazrni «Namoz o'quvchilar oldidan o'tuvchilar to'g'risida Abu
Juhaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimalar eshitgan erkan, bilib kelg'il!»
— deb yubordi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o'qiyotgan odam
oldidan o'tg'uvchilar nechuk gunoh qilayotganlarini
bilganlarida erdi, namozxonning
oldidan kesib o'tmay, yaxshisi qirq (kun, oy, yil?) to'xtab, kutib turgan bo'lur erdilar»
degandilar» — debdi Abu Juhaym.
Abunnazr: «O'shanda, qirq qun,
deb edilarmi, qirq oy yokim qirq yil, deb edilarmi,
esimda yo'q»,— deydir».
Do'stlaringiz bilan baham: