Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
o'qiyotganlarida u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotganim esimda. Sajda
qilmoqchi bo'lsalar, oyog'imga turtib qo'yar erdilar, men oyog'imni yig'ib olar erdim»,—
dedilar».
109-bob. Ayol kishining namozxon ustidagi biror ozor berib turgan narsani olib
tashlashi
Abdulloh ibn Mas'ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'batulloh yonida
namoz o'qiyotgan erdilar. Quraysh mushriklaridan bir to'dasi o'zlarining har doim
yig'ilishadigan joylarida gaplashib o'tirishardi. Nogahon, ulardan biri: «Manavining
ibodatni ko'z-ko'z qilmog'ini ko'ringiz! Qaysi biringiz falonchilarning qushxonasidan
ichak-chavoq olib kelib,
u sajdaga borganda, ikki kuragining o'rtasiga tashlay olursiz?»
— dedi. Shunda ularning eng badbaxti turib ichak-chavoq olib kelgani ketdi. Olib
kelgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini poylab turib, ikki
kuraklari o'rtasiga tashladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turib qoldilar.
Mushriklar bir-birlariga qarab qotib-qotib kulishdi. Bir kishi buni payg'ambarimizning
qizlari Fotimaga borib aytdi. Qizaloqlari yugurib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam sajdada turar erdilar. Fotima ichak-chavoqlarni u kishining yelkalaridan olib
tashladi-da, mushriklarni qarg'adi. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam namozni
tugatganlaridan so'ng: «Ilohi, Qurayshni halokatga uchratg'il!»—deb uch marta duoi bad
qildilar. Keyin (bir oz o'ylab turgach): «Ilohi, Amr ibn Hishomni, Uqba ibn Rabi'ani,
Shayba ibn Rabi'ani, Valid ibn Utbani,
Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu'itni,
Ammora ibn Validni halok qilg'il»,— deb nomma-nom aytdilar. Ollohga qasam ichib
ayturmenki, ularning hammasini Badr jangida o'lib yotganini ko'rdim, ularni sudrab olib
borib suvsiz quduqqa tashladilar». «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Quduqqa tashlanganlarni oxiratda la'natlag'aysan!» deb Ollohga iltijo qildilar»,—
deydilar Abdulloh raziyallohu anhu.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: