NAMOZ VAQT LARI HAQIDA KITOB
Olloh taolo bu xususda: «Namoz vaqtlari mo''min bandalarga Kitobda belgilab
berilmishdir» — deydi.
Abdulloh ibn Muslima rivoyat qiladilar: «Bir kuni Umar ibn Abdulaziz namozni kechiktirib
o'qidi (asr namozi bo'lsa kerak). Shunda uning huzuriga Urva ibn Zubayr kirib: «Bir kuni
Mug'ira ibn Shu'ba Iroqdalik kezida namozni kechiktirib o'qiganida Abu Mas'ud al-
Ansoriy: «Bu nesidir, ey Mug'ira! Men senga Jabroil alayhissalom osmondan tushib,
namoz o'qidilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham namoz o'qidilar; Jabroil
alayhissalom yana namoz o'qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar; Jabroil
alayhissalom yana namoz o'qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar; Jabroil
alayhissalom yana namoz o'qidilar. Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar; Jabroil
alayhissalom yana namoz o'qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar. Keyin:
«Menga shundoq qilmoq (ya'ni, besh vaqt namoz o'qimoq) amr qilinmishdir»,— dedilar,
deb o'rgatmaganmidim?! »—dedi. Umar ibn Abdulaziz Urvaga: «Neni nazarda tutib
so'zlayotganingizni bilurmen, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga namoz vaqtlarini
belgilab bergandirlar»,— dedi. Urva: «Bashiyr ibn Abu Mas'ud ham otasi Abu Mas'ud
xususida shundoq deb hikoya qilib bergan erdi. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam asrni hujralariga Quyosh tushmasdan ilgari o'qib olar erdilar»—
deganlar»,— dedi».
1-bob. Olloh taoloning «(Ollohga) tavba qilib, undan qo'rqingiz va namoz
o'qingiz, mushrik bo'lib ketmangiz!» — degan kalomi sharifi xususida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
huzurlariga Abd ul -Qays qabilasidan vakillar kelib, «Anavi Rabiy'a qavmi bizga xalal
bermoqda, huzuringizga haj oyidan boshqa vaqt kelmakka imkonimiz yo'qdir. Bizga biror
narsa buyursangiz, biz uni sizdan o'rganib, uyimizdagilarga borib o'rgatsak!» —
deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga to'rt narsani buyurib, to'rt narsani, man'
qilg'aymen: Ollohga iymon keltirmoq (ya'ni, Lo iloha illa-l-lohu, demoq), mening
Ollohning Rasuli ekanlig'imni tan olmoq, namoz o'qimoq va o'ljangizning beshdan berini
zakot qilmoqni buyurg'aymen hamda dubbo', hantam, muqayyar va naqiyrni man'
qilg'aydirmen»,— dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |