Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jamoatsiz, yolg'iz o'zi ustunlar orasida namoz o'qimoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

96-bob. Jamoatsiz, yolg'iz o'zi ustunlar orasida namoz o'qimoq
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'batullohga kirdilar
Usoma ibn Zayd, Usmon ibn Talha va Bilol ham birga erdilar. U yerda bir oz bo'lgach, 
qaytib chiqdilar. Men birinchi bo'lib ichkariga kirdim-da, «Qaerda namoz o'qidilar?» — 
deb Biloldan so'radim. «Oldindagi ikki ustun oralig'ida»,— deb aytdi».
Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Ka'batullohga kirdilar. Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha ham birga 
erdilar. Eshiklarni yopib olishdi. Qaytib chiqishgach, «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam ne qildilar?» —deb Biloldan so'radim. «Bir ustunni o'ng tomonlarida, ikkinchi 
ustunni chap tomonlarida, uchinchi ustunni esa orqalarida qoldirib (o'sha paytda 
Ka'batullohda 6 ta ustun bo'lgandi) namoz o'qidilar»,— dedi. «Nofi' menga: «Ikki ustun 
o'ng tomonlarida bo'lgandi, deb aytdi»,— deydilar Ismoil raziyallohu anhu.
97-bob.
Nofi' raziyallohu anhu dedilar: «Abdulloh ibn Umar Ka'baga kirsalar, eshikni orqada 
qoldirib, ro'paradagi devorga 3 gaz qolguncha yaqin borar erdilar. Bilol «Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o'qigan joylari» deb ko'rsatgan joyda 
namoz o'qir erdilar. Ibn Umar: «Ka'baning ichiga kirgach, istagan tomonga qarab namoz 
o'qisa bo'laveradi»,— deganlar».
98-bob. Cho'ktirib qo'yilgan tuya hamda daraxt va egarga qarab namoz 
o'qimoq
Ibn Umar raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Bir kuni Ubaydulloh 
menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarini o'zlariga nisbatan ko'ndalang 
cho'ktirib qo'yib, unga qarab namoz o'qir erdilar»,— dedi. «Agar tuyalari o'rnidan turib 
ketsa, ne qilur erdilar»,— dedim. Egarini ro'paralariga ko'ndalangiga qo'yib olib, namoz 
o'qiyverardilar»,— dedi».
Ibn Umarning o'zlari ham shunday qilar ekanlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling