Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Janozaga borishning fazilati


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

56-bob. Janozaga borishning fazilati
Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu: «Janoza o'qisang, zimmangdagi vazifani bajaribsan»
,— deydilar. Humayd ibn Hilol: «Janoza o'qib bo'lgandan so'ng, janoza egalaridan uyga 
qaytmoqqa ijozat so'rashning sunnat ekanligini bilmasmiz-u, biroq kimki janoza o'qib 
uyiga qaytsa, unga bir qiyrot savob tegmog'ini yaxshi bilurmiz»,- deydilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra: «Kimki janoza namoziga 
qatnashg'aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- dedilar. Keyin u kishi bizga yana juda


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ko'p hadislar ham aytib berdilar. Shunda Oisha onamiz Abu Hurayraning so'zini 
tasdiqlab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shundoq deganlarini men ham 
eshitgandirmen»,- dedilar. Men: «Unda, juda ko'p qiyrot savoblarni boy beribmiz-da!»- 
dedim».
57-bob. Mayyit dafn qilinguncha kutib turgan kishi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Kimki janozada qatnashib, janoza namozini o'qig'aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir
kimki janoza namozini o'qib, mayyit dafn etilguncha ketmay tursa, unga ikki qiyrot 
savob tekkaydir?» -dedilar. Shunda odamlar: «Yo Rasululloh, ikki qiyrot qanchadir?»- 
deb so'rashdi. Janob Rasululloh: «Ikkita katta tog'dek kelur»,- dedilar».
58-bob. Kattalar birlan birga yosh bolalarning ham janoza namozi o'qimogi 
haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir 
qabrning oldiga kelganlarida, sahobalar: «Bu qabrdagi kishi o'tgan kuni dafn qilingan»,- 
deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida saf tortdik, ul kishi 
qabrdagi mayyitga janoza o'qidilar (Ibn Abbos o'sha paytda yosh bola bo'lganlar)».
59-bob. Namozgoxda va masjidda janoza namozi o'qimoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Habashiston podshohi Najoshiyning vafot etganligini bizga aytib: «Birodaringiz haqqiga 
talabi mag'firat qilingizlar!»- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sahobai kiromlarini namozga safladilar, so'ng to'rt marta takbir aytib, marhum 
Najoshiyga janoza namozi o'qidilar».
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga zino qilgan bir erkak birlan bir xotinni tutib olib kelishdi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam buyurdilar, ularni masjid oldidagi janoza o'qiydirgan joyga olib borishib, 
toshbo'ron qilishdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling