Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Janoza namozida bolalarning kattalar birlan birga safda turishi
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 55-bob. Mayyitga janoza oqishning sunnat ekanligi togrisida
54-bob. Janoza namozida bolalarning kattalar birlan birga safda turishi
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam notanish bir mayyitning qabri yonidan o'tayotib: «Bu mayyit qachon dafn qilindi?» - dedilar. «Kecha kechasi»,- dedik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni chaqirsangiz bo'lmasmidi?»-dedilar. Sahobalar: «Qorong'i kechada ko'mdik, sizni bezovta qilmakni xohlamadik»,- deyishdi. So'ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o'qimoqqa kirishdilar. Biz orqalarida saf tortdik. Men ersam o'sha paytda yosh bola erdim». . 55-bob. Mayyitga janoza o'qishning sunnat ekanligi to'g'risida Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mayyitga janoza o'qig'aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- deganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Do'stu birodarlaringizga o'zingiz janoza o'qingizlar!» - deganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Najoshiyga janoza o'q ing izlar!» - deganlarida, janozani «namoz» deb atab: «Uning ruku'va sajdalari bo'lmag'aydir, uni o'qiyotganda (dunyoviy so'zlar) so'zlanmaydi, faqat takbiri tahrima aytilib, salom berilg'aydir»,- deganlar. Ibn Umar janozadan avval albatta tahorat olar erdilar hamda kun chiqayotgan va botayotganda janoza o'qimas erdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu qo'llarini ko'tarib takbir aytar erdilar. «Sahobalar va ularning avlodlari orasida shundoq kishilarni uchratdimki,- deydilar Hasan Basriy,- ulardan janoza va farz namozlarini o'qimoqqa haqlilari, janoza vaqtida yokim hayit namozida tahoratlari sinib qolsa, tayammum qilmay, suv qidirib topib, albatta qayta tahorat olg'ay erdilar. Agar janoza o'qilayotgan vaqtda kelib qolishsa, o'zlari takbiri tahrima aytishib, boshqalarga qo'shilib janoza o'qiyverar erdilar». Ibn Musayyab: «Kishi janoza namozida xoh kechasi bo'lsin, xoh kunduzi bo'lsin, xoh muqimlikda va xoh musofirlikda bo'lsin, baribir to'rt marta takbir aytg'aydir»,- deydilar. Anas raziyallohu anhu: «Birinchi takbir - namozni boshlashda aytiladirgan takbiri tahrimadir, Olloh taolo: «Munofiqlardan birortasi o'lsa, unga zinhor janoza o'qimangiz!»- deydir. Janoza namozida odamlar saf tortg'aydir, imom ersa, oldinga o'tib janoza o'qig'aydir»,- deganlar. Sha'biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir mo"minning janozasiga borgan kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janozada bizga imomlik qildilar, biz orqalarida saf tortdik»,- deb aytdi». «Ey Abu Amr, bu hadisni sizga kim aytdi?»- deb Sha'biydan so'rashganda, u: «Ibn Abbos aytdi»,- deb javob bergan erkan. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling