76-bob. Mayyit, biror sababga ko'ra, qabrdan yoki lahaddan qayta kavlab
olinadirmi?
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn
Ubay qabrga qo'yilgandan so'ng kelib, uni qayta kavlab olmoqni buyurdilar. Abdullohni
qabrdan chiqarib olishdi. So'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning
boshini tizzalariga qo'yib, dam soldilar-da, unga o'zlarining ko'ylaklarini kiydirdilar
(buning sababini Olloh bilg'aydir). Abdulloh, hayotligida, Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning amakilariga bir ko'ylak kiydirgan erdi. Sufyon birlan Abu Hurayra bundoq
deyishadir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikkita ko'ylaklari bo'lib, bir kuni
Abdullohning o'g'li: «Yo Rasululloh, ustingizdagi ko'ylagingizni otamga kiydiringiz!» - deb
aytdi». «Sahobalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning amakilariga
qilgan yaxshilig'i evaziga o'z ko'ylaklarini berdilar, deb o'ylashdi»,- deydilar Sufyon. Jobir
ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Uhud jangi ketayotgan kunlardan birida, kechasi meni
otam chaqirib: «Nazarimda, Rasulullohning sahobalaridan birinchi bo'lib men shahid
bo'ladirganga o'xshayman. Mening qarzim bor, uni uzg'il, opa-singillaringga yaxshilik
qilg'il!» - dedilar. Tong otdi, Otam rahmatlik birinchi bo'lib shahid bo'ldilar. Otamga
qo'shib yana bir kishini qabrga qo'yishdi. Otamni boshqa bir kishi birlan birga qabrda
qoldirmoqqa ko'nglim bo'lmadi. Olti oydan so'ng otamni qabrdan qayta kavlab oldim.
Bundoq qarasam, ul kishi xuddi shu bugun, endigina qabrga qo'yilgandek yotibdilar.
Faqat quloqlarining bittasi sal o'zgargan». Jobir raziyallohu onhu rivoyat qiladirlar:
«Otamga qo'shib yana bir kishini qabrga qo'yishdi. Otamni begona kishi birlan birga
qabrda qoldirmoqqa ko'nglim bo'lmadi. So'ng, otamni qabrdan qayta kavlab olib, alohida
dafn qildim».
77-bob. Qabrga lahad va yorma qilmoq
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida
o'lganlarning ikkitasini bir qilib qabrga qo'ydirar erdilar. Qabrga qo'yishdan avval:
«Qaysi biri Qur'onni ko'proq bilg'aydir»,- deb so'rar erdilar. Qaysi birini ko'rsatishsa,
o'shanisini oldin lahadga qo'ydirar erdylar. So'ng: «Men bularga qiyomat kuni
guvohdirmen!» - der erdilar. Janob Rasululloh shahidlarning jarohatlaridagi qonni
yuvdirmay va g'usl qildirmay, dafn qildirar erdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |