Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Mayyit, biror sababga ko'ra, qabrdan yoki lahaddan qayta kavlab


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

76-bob. Mayyit, biror sababga ko'ra, qabrdan yoki lahaddan qayta kavlab 
olinadirmi?
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn 
Ubay qabrga qo'yilgandan so'ng kelib, uni qayta kavlab olmoqni buyurdilar. Abdullohni 
qabrdan chiqarib olishdi. So'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning 
boshini tizzalariga qo'yib, dam soldilar-da, unga o'zlarining ko'ylaklarini kiydirdilar 
(buning sababini Olloh bilg'aydir). Abdulloh, hayotligida, Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning amakilariga bir ko'ylak kiydirgan erdi. Sufyon birlan Abu Hurayra bundoq 
deyishadir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikkita ko'ylaklari bo'lib, bir kuni 
Abdullohning o'g'li: «Yo Rasululloh, ustingizdagi ko'ylagingizni otamga kiydiringiz!» - deb 
aytdi». «Sahobalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning amakilariga 
qilgan yaxshilig'i evaziga o'z ko'ylaklarini berdilar, deb o'ylashdi»,- deydilar Sufyon. Jobir 
ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Uhud jangi ketayotgan kunlardan birida, kechasi meni 
otam chaqirib: «Nazarimda, Rasulullohning sahobalaridan birinchi bo'lib men shahid 
bo'ladirganga o'xshayman. Mening qarzim bor, uni uzg'il, opa-singillaringga yaxshilik 
qilg'il!» - dedilar. Tong otdi, Otam rahmatlik birinchi bo'lib shahid bo'ldilar. Otamga 
qo'shib yana bir kishini qabrga qo'yishdi. Otamni boshqa bir kishi birlan birga qabrda 
qoldirmoqqa ko'nglim bo'lmadi. Olti oydan so'ng otamni qabrdan qayta kavlab oldim. 
Bundoq qarasam, ul kishi xuddi shu bugun, endigina qabrga qo'yilgandek yotibdilar. 
Faqat quloqlarining bittasi sal o'zgargan». Jobir raziyallohu onhu rivoyat qiladirlar: 
«Otamga qo'shib yana bir kishini qabrga qo'yishdi. Otamni begona kishi birlan birga 
qabrda qoldirmoqqa ko'nglim bo'lmadi. So'ng, otamni qabrdan qayta kavlab olib, alohida 
dafn qildim».
77-bob. Qabrga lahad va yorma qilmoq
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 
o'lganlarning ikkitasini bir qilib qabrga qo'ydirar erdilar. Qabrga qo'yishdan avval:
«Qaysi biri Qur'onni ko'proq bilg'aydir»,- deb so'rar erdilar. Qaysi birini ko'rsatishsa, 
o'shanisini oldin lahadga qo'ydirar erdylar. So'ng: «Men bularga qiyomat kuni 
guvohdirmen!» - der erdilar. Janob Rasululloh shahidlarning jarohatlaridagi qonni 
yuvdirmay va g'usl qildirmay, dafn qildirar erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling