68-bob. Kechasi dafn qilmoq
Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu kechasi dafn qilinganlar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
kechasi dafn qilingan bir kishiga janoza namozi o'qidilar. Janob Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam o'rinlaridan turdilar, orqalaridan sahobalar ham turishdi. So'ng,
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qabrdagi kimdir?» - deb so'ragan erdilar,
sahobalar: «Falonchi, kecha kechasi dafn qilindi»,- deyishdi».
69-bob. Qabr ustiga masjid qurmoq
Oisha onamiz raziyalloxu anxo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
betob bo'lib yotganlarida, xotinlari (Ummu Salama va Ummu Habiba) ul kishiga
Habashistonda o'zlari ko'rgan kanisa to'g'risida so'zlab berishdi. O'sha kanisa «Mariya»
deb atalar erdi. Uni Ummu Salama birlan Ummu Habiba raziyallohu anhumo
Habashistonga borishganda ko'rgan bo'lib, ularni kanisaning chiroyi va uning ichidagy
suratlar jalb etgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini ko'tarib: «Ular,
agar oralaridan bir solih kishi vafot etg'aydir, uning qabri ustiga kanisa qurg'aydirlar,
so'ng ichiga suratlar chizg'aydirlar. Ular Olloh taolo dargohida eng yomon otlig'
insonlardir!»-dedilar».
70-bob. Xotin kishini qabrga kim qo'yadir?
Anas raziyalloxu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
qizlari - Ummu Gulsumning dafn marosimida qatnashdik. Shunda Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamga qarasak, qabr yonida turibdilar-u, ko'zlaridan duv-duv yosh oqayotir.
Nogahon: «Orangizda bul kecha ayoliga yaqinlik qilmagan kishi bormidir?»-deb
so'radilar. «Men» ,— dedilar Abu Talha. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Tushg'il qabrga!»-dedilar. Abu Talha qabrga tushib, mayyitni lahadga qo'ydilar».
Fulayh raziyallohu anhu: «Nazarimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bul kecha
gunoh qilmagan kim bordir?» -deb aytdilar shekilli»,- deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |