Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
qoldirishar erdi. Afsuski, Janob Rasulullohning qabrlarini mahkamlashga to'g'ri keldi.
Lekin, men hali ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yotgan hujrani masjid qilib
olmoqlaridan qo'rqg'ayman»,- dedilar.
61-bob. Tug'olmay o'lgan xotinlarga janoza o'qimoq haqida
Sumra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamning
orqalarida turib (ya'ni, iqtido qilib), tug'olmay vafot etgan xotinga janoza o'qidim.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyit belining to'g'risida turib janoza
o'qidilar».
62-bob. Imom xotin kishining janozasida qaerda turadi-yu erkak kishining
janozasida qaerda turadi?
Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallamning orqalarida turib, tug'olmay o'lgan bir xotinning janozasini o'qidim. Rasululloh
sallallohu
alayhi va sallam ersa, mayyitning beli qarshisida turdilar».
63-bob. Janoza namozida to'rt marta takbir aytmoq
Humayd rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga imomlik qilib janoza namozi
o'qidilar. Shunda ul kishiga: «Uch marta takbir aytdingiz»,-deyishdi.
Anas yana bir
marta takbir aytib, so'ng salom berdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Najoshiy vafot etgan kuniyoq bu haqda xabar berdilar. So'ng,
sahobai kiromlar bilan
namozgohga chiqdilar. Ularni saflab, to'rt marta takbir aytib,
Najoshiyga janoza namozi
o'qidilar».
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Habashiston podshohi Najoshiyga to'rt marta takbir aytib, janoza namozi o'qidilar».
Do'stlaringiz bilan baham: