Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Uning ovozini insondan boshqa hamma narsa eshitg'aydir,
agar inson eshitsa erdi,
hushidan ketib yiqilg'ay erdi!»-deganlar».
50-bob. Janozani (tobutni) tez olib bormoq
Anas raziyallohu anhu: «Janozani (mayyitni) kuzatib borayotganingizda
tobutning oldida
ham, orqasida ham, o'ngida ham, chapida ham yuraveringizlar!» -degan erkanlar.
Boshqa bir kishi ersa: «Janozag'a (tobutga) yaqin yuringizlar!» -degan erkan.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Mayyitni tezroq olib boringizlar! Agar ul solih banda bo'lsa, unga yaxshilig' qilib,
tezroq
manzilga yetkazgan bo'lursiz, agar aksincha bo'lsa (ya'ni, solih banda bo'lmasa),
yomonni yelkangizdan tezroq tushirib, undan tezroq qutulgan bo'lursiz»,- dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: