Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Janoza namozida bolalarning kattalar birlan birga safda turishi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

54-bob. Janoza namozida bolalarning kattalar birlan birga safda turishi
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
notanish bir mayyitning qabri yonidan o'tayotib: «Bu mayyit qachon dafn qilindi?» - 
dedilar. «Kecha kechasi»,- dedik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni 
chaqirsangiz bo'lmasmidi?»-dedilar. Sahobalar: «Qorong'i kechada ko'mdik, sizni 
bezovta qilmakni xohlamadik»,- deyishdi. So'ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
janoza o'qimoqqa kirishdilar. Biz orqalarida saf tortdik. Men ersam o'sha paytda yosh 
bola erdim». .
55-bob. Mayyitga janoza o'qishning sunnat ekanligi to'g'risida
Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
mayyitga janoza o'qig'aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- deganlar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Do'stu birodarlaringizga o'zingiz janoza o'qingizlar!» - 
deganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Najoshiyga janoza o'q ing izlar!» - 
deganlarida, janozani «namoz» deb atab: «Uning ruku'va sajdalari bo'lmag'aydir, uni 
o'qiyotganda (dunyoviy so'zlar) so'zlanmaydi, faqat takbiri tahrima aytilib, salom 
berilg'aydir»,- deganlar. Ibn Umar janozadan avval albatta tahorat olar erdilar hamda 
kun chiqayotgan va botayotganda janoza o'qimas erdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu 
qo'llarini ko'tarib takbir aytar erdilar. «Sahobalar va ularning avlodlari orasida shundoq 
kishilarni uchratdimki,- deydilar Hasan Basriy,- ulardan janoza va farz namozlarini 
o'qimoqqa haqlilari, janoza vaqtida yokim hayit namozida tahoratlari sinib qolsa
tayammum qilmay, suv qidirib topib, albatta qayta tahorat olg'ay erdilar. Agar janoza 
o'qilayotgan vaqtda kelib qolishsa, o'zlari takbiri tahrima aytishib, boshqalarga qo'shilib 
janoza o'qiyverar erdilar».
Ibn Musayyab: «Kishi janoza namozida xoh kechasi bo'lsin, xoh kunduzi bo'lsin, xoh 
muqimlikda va xoh musofirlikda bo'lsin, baribir to'rt marta takbir aytg'aydir»,- deydilar. 
Anas raziyallohu anhu: «Birinchi takbir - namozni boshlashda aytiladirgan takbiri 
tahrimadir, Olloh taolo: «Munofiqlardan birortasi o'lsa, unga zinhor janoza o'qimangiz!»- 
deydir. Janoza namozida odamlar saf tortg'aydir, imom ersa, oldinga o'tib janoza 
o'qig'aydir»,- deganlar.
Sha'biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga bir mo"minning janozasiga borgan kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
janozada bizga imomlik qildilar, biz orqalarida saf tortdik»,- deb aytdi». «Ey Abu Amr, 
bu hadisni sizga kim aytdi?»- deb Sha'biydan so'rashganda, u: «Ibn Abbos aytdi»,- deb 
javob bergan erkan.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling