66-bob. Mayyit oyoq tovushlarini eshitg'aydir
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit
qabrga qo'yilgach, barcha birodarlarining qaytib ketayotgandagi oyoq tovushlarini eshitib
turg'aydir. Qabrga ikkita farishta kirib, mayyitni o'tirg'izib qo'yg'aydir. Shunda ikkala
farishta mayyitga: «Mana bul kishi, ya'ni Muhammad alayhissalom to'g'rilarida ne der
erding?»-deydir. Mayyit: «Bul kishining Ollohning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik
bergaymen»,- deydir. Shunda unga: «Do'zaxdagi o'rningga qarag'il, Olloh taolo senga
uning o'rniga jannatdan joy almashtirib berdi»,- deyishadir. Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam so'zlarida davom etib, yana bunday dedilar: «Banda (mayyit) o'zining
do'zaxdagi va jannatdagi o'rnini ham ko'rg'aydir. Ammo, ul kofir yokim munofiq ersa:
«Bul kishi kim?» - deyilganda, «Odamlar bir narsa der erdi, men ham ular ne deyishgan
bo'lsa, shundoq der erdim»,- deydir. Shunda Munkar-Nakir: «Ul kishini ham
tanimagandirsen (bilmagandirsen), Qur'oni Kariymni ham tilovat qilmagandirsen»,- deb
olov-gurzi birlan qulog'ining tagiga urg'aydir. Mayyit qattiq qichqirg'aydir, uning ovozini
atrofdagi barcha narsalar eshitg'aydir, faqat insonlar va jinlar eshitmag'aydir».
67-bob. Bayt ul-Muqaddasga yoki shu kabi (muqaddas) joylarga dafn
etilmog'ini istagan shaxs haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Olloh taolo Malak ul-mavtni (O'lim
farishtasini) Muso alayhissalomning huzurlariga yubordi. Muso alayhissalom (uyga
ijozatsiz kirgan odam, deb o'ylab) bir musht urib, uning ko'zini chiqardilar. Malak ul-
mavt Olloh taoloning dargohiga qaytib borib: «Meni o'lmoqni istamagan kishining oldiga
yuboribdirsen»,- dedi. Olloh taolo farishtaning ko'zini qaytarib berib Qoyiga keltirib):
«Musoning oldiga qaytib borib aytg'il, qo'lini ho'kizning ustig'a qo'ysin, qo'li yopib turgan
tuklarning har biri uchun unga bir yildan umr berg'aydirmen!»-dedi. Muso: «Yo Rabbiy,
andin keyin-chi?»-dedilar. Olloh taolo: «Andin so'ng - o'lim!»-dedi. Muso alayhissalom:
«Undoq bo'lsa, hozir (jonimni ola qolsin)!»-dedilar-da, Olloh taolodan: «Mening qabrim
«Bayt ul-Muqaddasga bir tosh otim masofada yaqin bo'lsa!» - deb iltimos qildilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o'shal yerda bo'lganlaringizda erdi, men
sizlarga Musoning yo'l yoqasidagi qizil qum tepaligi ustida o'rnashgan qabrini ko'rsatg'ay
erdim»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |