Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Munofiqlarga janoza o'qishning va mushriklarning gunohlarini tilab
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida
83-bob. Munofiqlarga janoza o'qishning va mushriklarning gunohlarini tilab
istig'for aytishning makruhligi haqida Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladirlar: Abdulloh ibn Ubay ibn Salul vafot etganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni unga janoza, o'qimoq uchun chaqirishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o'qimoqqa shaylanganlarida, men: «Yo Rasululloh, Ibn Ubayga janoza o'qiydirmisiz? Axir, u falon va falon kunlari undoq degandi va bundoq degandi, deb uning illatlarini sanay ketdim. Men ko'p so'zlab yubordim shekilli, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga tabassum qilib: «Ey Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Umar, qani nariroq turg'il-chi! Menga Olloh taolo tomonidan tanlamak ixtiyori berilgan, men tanladim. Agar men yetmishdan ortiq istig'for aytganimda Olloh taolo uning gunohlarini mag'firat qilmog'ini bilsam, yetmishdan ortiq istigfor aytgan bo'lur erdim»,- dedilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga janoza o'qib, uylariga qaytdilar. Bir oz o'tmay «Baroat» surasining ikki oyati nozil bo'ldi («Ulardan kimki o'lg'aydir, sira ham janoza o'qimag'il!» degan joyidan to «Ular fosiqlardir!» degan yerigacha). Men keyinchalik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jur'at qilib so'zlaganimdan taajjublanib yurdim. Olloh va uning Rasuli eng ko'p bilguvchidir! ' 84-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida Abdulloh ibn Suhayb: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan bunday deb eshitdim»,— deydilar: «Bir kishini tobutda olib o'tdilar. Odamlar uni maqtab, yaxshi so'zlar aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vojib bo'ldi»,— dedilar. Keyin, boshqa bir mayyitni olib o'tishdi. Odamlar uning sha'niga yomon so'zlar aytdilar. Janob Rasululloh bu gal ham: «Vojib bo'ldi»,— dedilar. Umar ibn Xattob ajablanib: «Ne vojib bo'ldi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Bu bandaga yaxshilig'ni ravo ko'rib, maqtadingizlar, demak unga jannat vojib bo'ldi, keyingisiga ersa, yomonlig'ni ravo ko'rib, yomonladingizlar, demak unga do'zax vojib bo'ldi. Sizlar Olloh taoloning yer yuzidagi guvohlaridirsiz!»— dedilar». Abu ul-Asvad rivoyat qiladirlar: «Men Madinaga kelsam, shahar ahli bir kasallikka mubtalo bo'lgan erkan. Shunda Umar ibn Xattobning yonlarida o'tirgan erdim. Nogahon, bir mayyitni tobutda ko'tarib o'tib qoldilar, odamlar uning sha'niga yaxshi so'zlar aytishdi. Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Vojib bo'ldi»,— dedilar. Keyin, yana bir mayyitni olib o'tdilar, odamlar uning sha'niga ham yaxshi so'zlar aytishdi. Hazrat Umar tag'in: «Vojib bo'ldi»,— dedilar. Undan so'ng, uchinchi bir mayyitni olib o'tdilar, odamlar bu gal uning sha'niga yomon so'zlar aytishdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo'ldi»,— dedilar. Men ajablanib: «Yo Amir al-mu'miniyn, ne vojib bo'ldi?» — deb so'radim. Hazrat Umar bunday dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan so'zlarini qaytardim, xolos. Janob Rasululloh bizga: «Qaysi bir musulmonga to'rt kishi yaxshi deb guvohlik bersa, uni Olloh taolo jannatga kiritg'aydir»,— deganlar. Biz ul kishidan: «Agar guvoh uchta bo'lsa-chi-?»—deb so'radik. «Uchta bo'lsa ham, bo'lur»,— dedilar. «Ikkita bo'lsa-chi?» —dedik, «Ikkita bo'lsa ham, bo'lur»,— dedilar. Keyin, bizning ul kishidan: «Guvoh bitta bo'lsa-chi?» — deb so'ragimiz kelmadi». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling