Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Agar bola islomga kirishi bilan o'lsa, unga janoza namozi o'qiladirmi?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

78-bob. Agar bola islomga kirishi bilan o'lsa, unga janoza namozi o'qiladirmi?
Hasan Basriy, Shurayh, Ibrohim va Qatodalar bunday deyishgan erkan: «Agar biror 
oiladagi ota-onadan bittasi islomga kirsa, bolasi ham u birlan birga islomga kirgan 
hisoblanur. Masalan, Ibn Abbos raziyallohu anhu ham o'z qavmining dinida qolgan otasi 
birlan birga ermas, balki islom hali zaif bo'lgan vaqtda musulmon bo'lgan onasi birlan 
birga erdi. Islom yuksalg'aydir, undan o'zga dinlar yuksalmag'aydir!»
Solim ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga bir to'da odamlar yo'ldoshligida Ibn Sayyod yashaydirgan tomonga bordilar. 
Ibn Sayyodni Baniy Mug'ola qal'asi yonida bolalar birlan o'ynab turganda uchratishdi.
Ibn Sayyod balog'atga yetib qolayozgan erdi. U, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
muborak qo'llari birlan yelkasiga qoqmagunlaricha, kelganlarini sezmadi. Janob


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh: «Mening Ollohning elchisi erkanlig'imga guvohlik berg'il!» - dedilar. Ibn 
Sayyod Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarab: «Guvohlik berg'aymen, siz, 
darhaqiqat, ummiylarning (savodsizlarning) payg'ambaridirsiz, lekin siz o'zingiz ham 
mening Ollohning elchisi erkanlig'imga guvohlik berg'aymisiz?» - dedi shakkoklik qilib. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning gapini rad qilib: «Men Olloh va uning 
payg'ambarlariga ishong'aymen, sen ne demoqchidirsan o'zi?»-dedilar. Ibn Sayyod: 
«Menga (miyamga) gohi chin, gohi yolg'on gaplar kelg'aydir»,- dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Seni shayton vasvasa qilg'aydir, men senga ko'nglimdagi 
bir gapni aytayin!» - dedilar. Ibn Sayyod «Dux... » degancha qoldi. Rasululloh: «Jim 
bo'lg'il, hech qachon sen payg'ambarlarga keladirgan vahiydan boxabar bo'lolmassen!» - 
dedilar. Darhaqiqat, Janob Rasululloh «Fa-rtaqib yavma ta'tiyu-s-samo'u bi-duxonin 
mubiynin» degan oyatni o'qimoqchi bo'lgan erdilar. Ibn Sayyod ana shu oyatdagi 
«duxon» (tutun) so'ziga ishora qilg'an erdi (oyatning mazmuni: «Osmonni tutun 
qoplaydirgan kunni kutg'il!»). Shunda Hazrat Umar: «Uni menga qo'yib beringiz, 
kallasini olib tashlaydirmen!» - dedilar. Janob Radululloh sallallohu alayhi va. sallam: 
«Agar u Dajjol bo'lsa, unga siz hukmingizni o'tkaza olmassiz, bordi-yu, Dajjol bo'lmasa, 
o'ldirmog'ingizdan sizga ne naf?» - dedilar». «Keyinchalik,- deydilar Ibn Umar,- 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka'b birlan birga Ibn Sayyod birlan 
uchrashishgan o'shal xurmo daraxti ostiga borishdi. Ular Ibn Sayyodga yo'liqmasdan 
ilgari uning to'g'risida biror narsa bilib olmoqchi bo'lishgan erdi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam qarasalar, Ibn Sayyod bir baxmal mato ustida yonboshlab yotibdir. 
Matoda qandaydir bir sirli alomat (yokim ovoz) borligi sezilib turar erdi. Shunda Ibn 
Sayyodning onasi Janob Rasulullohning xurmo daraxti panasidan kuzatib turganlarini 
ko'rib qolib, «Ey Sof (onasi uni shundoq derdi), qarag'il, ana Muhammad!» - dedi. Ibn 
Sayyod o'rnidan sapchib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar onasi 
indamay turganida, Ibn Sayyodning sirini bilib olgan bo'lur erdik»,- dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy bola Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning xizmatlarini qilib yurar erdi. Bir kuni u kasal bo'lib qoldi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam uni ko'rgani bordilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
uning bosh tomoniga o'tirib: «Islomga kirg'il!» - dedilar. Bola yonida o'tirgan otasiga 
qaradi. Otasi bolaga: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallamga (ya'ni, Rasulullohga) itoat 
etg'il!» - dedi. Bola islomga kirdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bolani 
do'zax o'tidan qutqargan Ollohga shukr!» - deb tashqari chiqdilar».
Ubaydullohga Ibn Abbos bunday degan erkanlar: «Men va onam (Makkadan Madinaga 
hijrat qila olmay, Makkada qolgan) zaif va nochor musulmonlardan erdik. Men 
bolalarning, onam ersa ayollarning orasinda eng nochori erdi».
Ibn Shihob rivoyat qiladirlar: «Har bir vafot etgan bolaga, garchi uni kofir yokim buzuq 
xotin tuqqan bo'lsa ham, janoza o'qilg'aydir. Islom millatida tug'ilgan, ota-onasi 
musulmonlikni da'vo qilayotgan yokim onasi musulmon bo'lmasa ham, otasi o'zini 
«musulmonman» deyayotgan har bir tirik tug'ilgan bolaga janoza o'qilgaydir. Chirqirab 
tug'ilmagan bolaga, tushib qolganligi sababli, janoza o'qilmaydir.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aslida har bir bola tabiatan (sog'lom) musulmon 
tug'ilg'aydir. Keyin, ota-onasi uni, kamchiliksiz tug'ilgan hayvon bolasining dumi, qulog'i 
yokim shoxini qirqishgandek, istasa — yahudiy qilg'aydir, istasa — nasoro qilg'aydir, 
istasa — majusiy qilg'aydir. Birorta buzoqning qulog'i yokim dumi kesilgan holda


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
tug'ilganini ko'rganmisizlar?» — der erdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Olloh taolo insonga ato etgan tabiat — islomga moyil 
tabiatdir, bunga Olloh taoloning oyati kariymasi dalildir!» deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Islomga qalbi moyil bo'lib tug'ilmagan birorta ham bola bo'lmag'aydir, barcha 
bolalarning qalbi islomga moyil bo'lib tug'ilg'aydir, keyin ota-onasi uni, hamma a'zosi 
benuqson tug'ilgan hayvon bolasining dumi, qulog'i yokim shoxini kesishgandek, yo 
yahudiy, yokim nasoro, yohud majusiy qilg'aydir. Yokim birortangiz hayvon bolasining 
qulog'i yo burni kesik holda tug'ilganini ko'rganmisiz?» — der erdilar. Olloh taolo inson 
bolasiga azaldan ato etgan tabiatni o'zgartirmoq yaramaydir, bunga «Ollohning 
maxluqini (Olloh yaratgan jonzodni) o'zgartirish mumkin ermas!» degan oyati kariyma 
dalildir!»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling