Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Dushanba kungi o'lim haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94-bob. Bexos olim
- 95-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo qabrlari haqidagi rivoyatlar
93-bob. Dushanba kungi o'lim haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhuning huzurlariga kirganimda ul kishi mendan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni necha qavat qilib kafanladingizlar?»-deb so'radilar. Men: «Uch qavat oq suhuliyya birlan kafanladik, kafan ostida na salla va na ko'ylak bor erdi»,-dedim. «Janob Rasululloh qaysi kuni vafot etgan erdilar?»-deb so'radilar. «Dushanba kuni»,- dedim. «Bugun qaysi kundir?»- dedilar. «Dushanba kunidir»,-dedim. «Shu soniyadan to tungacha vafot etsam, degan umiddadirmen!»-dedilar. So'ng, egnilaridagi betob bo'lib yotgan kezlarida kiydirilgan kiyimlariga qarab qo'ydilar. Unda za'faronning dog'i bor erdi. «Mana shul kiyimimni yuvib, unga tag'in ikki en kafanlik qo'shib, kafanlangizlar!»-dedilar. «Bul eski-ku!» - degan erdim, «O'likdan ko'ra, tirikyangi kiyim kiymakka haqliroqdir! Kafan badandan oqadigan har xil narsalar uchun kerakdir»,- dedilar. Abu Bakr seshanba kechasygacha vafot etmadilar. Dafn qilinganlarida hali tong otmagan erdi». 94-bob. Bexos o'lim Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Onamning joni birdaniga chiqib ketdi, so'zlashga ulgurganlarida erdi, sadaqa qilmakka buyurar erdilar. Agar men onamning nomlaridan sadaqa qilsam, ul kishiga savobi tekkaymidir?» - deb so'radi. «На»,-dedilar Janob Rasululloh». 95-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo qabrlari haqidagi rivoyatlar Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og'ir betob bo'lib qolsalar, «Bugun qay yerdadirmen-u, ertaga qay yerda bo'lg'aymen?» deb mening huzurimda bo'ladirgan kunlarini orziqib kutar erdilar. Buni qarangkim, Janob Rasululloh xuddi mening navbatim kelgan kuni quchog'imda Olloh taologa jon taslim Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy qildilar va mening xonamga dafn etildilar!». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so'nggi bor betob bo'lib yotganlarida (shu kasallikdan so'ng vafot etganlar); «Olloh taolo yahudiy va nasorolarni la'natladi, chunkim ular sobiq payg'ambarlarning qabrlarini masjid qilib oldilar»,- degan erdilar. Ana shu xavf (masjid qilib olmoq xavfi) bo'lmaganida, Janob Rasulullohning qabrlari ochiq qoldirilar erdi». Sufyon at-Tammor: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari do'ppayib turganini ko'rgandirmen»,- degan erkanlar. Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Valid ibn Abd ul-Malik zamonasida Hujrayi Sa'odatning (Rasululloh dafn etilgan hujraning) devori yiqilganida, uni qayta tiklamoqqa kirishdilar. Shunda (devor kesaklari orasidan) oyoq ko'rinib qoldi. Odamlar dahshatga tushib, uni Nabiy sallallohu alayhi va sallamming oyoqlari, deb gumon qildilar. Bul kimning oyog'i erkanligini biladirgan hech kim yo'q erdi. Shunda otam Urva: «Xudo haqqi, bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari ermas, balki Umar raziyallohu anhuning oyoqlaridir»,- degan erkanlar». Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Abdulloh ibn az-Zubayrga: «Meni |glarning yoniga dafn etmag'il, Baqi'dagi dugonalarim (Rasulullohning boshqa ayollari) yoniga dafn etg'il, men u joyga mutlaqo loyiq ermasdirman!»-deb vasiyat qilgan erkanlar» (ularning yoniga deganda Rasululloh, Abu Bakr, Umar nazarda tutilgan). Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni ko'rdim. «Ey Abdulloh ibn Umar, mo''minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoga borib, mendan salom aytg'il, so'ng mening ikki do'stimning yoniga dafn etilmog'imga ijozat so'ragil!» - dedilar. Oisha onamiz: «Ilgari men o'zim o'shal yerga dafn qilinmog'imni istar erdim, endi bo'lsa, buni o'zimga ep ko'rmayotirman»,- dedilar. Abdulloh qaytib kelib, Hazrat Umarga uchrashganlarida, ul kishi: «Nechuk xabar keltirding?» :—deb so'radilar. Abdulloh: «Ey Amir al-mo''minin, sizga ruxsat berdilar»,- deb aytdilar. Shunda Hazrat Umar: «Mening uchun o'shal joydan tabarrukroq joy bo'lmagandir, agar o'lsam, meni o'shal yerga eltib, salom aytingiz! Keyin sen: «Umar ibn Xattob ruxsat so'rayotir», - degil. Agar ruxsat bersalar, meni o'shal yerga dafn qilingizlar, ruxsat bermasalar, unda meni musulmonlar mozoriga olib borib, dafn qilaveringiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rizo bo'lgan o'shal vafot etib*ketgan kishilardan ko'ra, xalifalikka loyiqroq boshqa birorta odamni bilmasmen. Mendan keyin kimni xalifa qilsangizlar, unga itoat etib, quloq soling izlar! »-dedilar. So'ng, Usmon, Ali, Talha, Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf va Sa'd ibn Abu Vaqqosning ismlarini tilga oldilar. Shu payt, bir ansoriy yigit kirib kelib: «Ey Amir al-mo''minin, Olloh taoloning sizga ko'rsatgan bashoratidan xursand bo'lingiz! Islomda o'z o'rningiz bordir, buni bilursiz, keyin adolat birlan xalifalik qildingiz, tag'in buning ustiga shahid ham bo'ldingiz!» - dedi. Hazrat Umar: «Ey birodar, koshki erdi, shular yetarlik bo'lsa erdi! Uzimdan so'ng bo'ladirgan xalifa muhojirlarga yaxshilig' qilsin, ularning haqini tan olsin, hurmatlarini Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy o'rniga q o 'y s in , deb vasiyat qilg'aymen. O'zimdan keyingi xalifaga yana bunday deb vasiyat qilg'aymen: «Madina va iymonni (qalblariga) jo aylagan ansorlarga yaxshilig' qilsin, yaxshi ishlarini maqbul ko'rib, kamchiliklarini afv etsin! Unga tag'in bundoq deb vasiyat qilg'aymen: «Olloh va uning Rasuli o'z zimmasiga olgan aholiga (Ahlu-z- zimmaga; musulmon xalifalig'ida j iz 'y a - jon solig'i to'lab yashagan g'ayridinlarga) berilgan va'daga vafo aylasin, ularni qirg'in qilmasin, ularning yelkalariga qurblari yetmaydirgan yukni qo'ymasin!» Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling