Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to'g'risida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash
- 98-bob. Zakot bermoqning vojibligi togrisida
96-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to'g'risida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitlarni haqorat qilmangizlar, chunkim ular keladirgan joylariga kelib bo'ldilar!» -deganlar». Bu hadisni Abdulloh ibn Abd ul-Quddus va Muhammad ibn Anas ham A'mashdan eshitib rivoyat qilib berishgan, Ali ibn Ja'd ersa, uni davom ettirgan. 97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Lahab alayhi la'natu-l-lohi (unga Ollohning la'nati bo'lsin) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Kelgusi hayoting qurib ketsin!»-dedi. Shunda, «Abu Lahabning ikki qo'li qurisin!»-degan oyat nozil bo'ldi». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 98-bob. Zakot bermoqning vojibligi to'g'risida Olloh taolo bu xususda: «Namoz o'qingiz va zakot beringiz!» - deb aytadir. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Sufyon raziyallohu anhu menga hadis ayta turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir so'zlarini esladi. Keyin u: «Janob Rasululloh bizga namoz o'qimoqni, zakot bermoqni, qarindoshlik aloqalarini uzmaslikni va pok bo'lmoqni buyurganlar»,- dedi». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Maoz raziyallohu anhuni Yamanga yubora turib: «Ularni (Yaman ahlini) Ollohdan boshqa iloh yo'qlig'iga va mening Ollohning Rasuli ekanlig'imga guvohlik bermoqqa da'vat etg'il! Agar da'vatingni qabul aylasalar, unda Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz o'qimoqni farz qilganini ham aytgil! Agar buni ham qabul etsalar, unda Olloh taolo boy kishilarning mol-dunyosidan sadaqalar (zakotlar) olib, faqirlarga qaytarib bermoqni ham farz qilganini ma'lum aylag'il!» - deb aytdilar». Abu Aiyub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir kishi: «Ne qilsam, jannatga kirg'ayman, menga o'rgatingiz!»-dedi. Odamlar: «Ne ishi bor erkan, ne ishi bor erkan?»-deb so'rashdi. Janob Rasululloh: «Bir ish birlan kelibdir»,- deb javob berdylar. Keyin, boyagi odamga qarab: «Olloh taologa ibodat aylag'aysen, unga hech narsani shirk keltirmag'aysen, namoz o'qib, zakot berg'aysen va qarindoshlaringga oqibatli bo'lg'aysen!» - dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a'robiy (badaviy) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Menga bir ishni o'rgatingizkim, uni bajarib men jannatga kirayin!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga ibodat aylab, unga hech narsani shirk keltirmag'aysen, buyurilgan besh vaqt namozni o'qig'aysen, farz qilingan zakotni ado etg'aysen va ramazonda ro'za tutg'aysen!»-dedilar. A'robiy: «Jonu tanim qo'lida bo'lgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, shu aytganlaringizdan oshirib yubormag'aymen!»-dedi. U kishi qaytib ketgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim jannati odamni ko'rib, xursand bo'lmoqni istasa, shul kishiga qarasin!» - dedilar». Abu Hayyon: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi mazkur hadisni menga Abu Zur'a aytib bergan erdi»,- deydilar. Abu Jamraga Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Abd ul-Qaysning (qabilaning) vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh, anavi Rabiy'a qavmi - zararkunanda kofirlar siz birlan bizning o'rtamizda rahna bo'lib turishibdir, biz muharram oyidagina sizning oldingizga kela olurmiz. xolos. Bizga buyuringiz, aytganlaringizni o'rganib, o'zimiz ham bajaraylik, uyimizga qaytib borgach, qavmu qarindoshlarimizga ham o'rgataylik!»-dedi. Shunda Janob Rasululloh bunday deb amr qildilar: «Sizlarga to'rt narsani buyurib, to'rt narsani man' qilg'aymen. Kalimai shahodat (lo iloha illa-l-loh) aytib, Ollohga iymon keltiringiz (qo'llarini musht etib, ko'rsatkich barmoqlari birlan mana bunday qilib ishora ayladilar), namoz o'qingiz, zakot Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy beringiz va qo'lga kiritgan o'ljangizning beshdan bir qismini ulashingiz! Sizlarga dubbo, hantam, naqiyr va zaftni man' qilg'aydirmen!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etib, Abu Bakr raziyallohu anhu xalifa bo'lganlarida ayrim arab qavmlari islomdan tondilar. Shunda Umar raziyallohu anhu bunday degan erdilar: «Odamlar (kofirlarga qarshi) nechuk urushmoqdalar? Axir, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga Olloh taolo tomonidan odamlar «Lo iloha illa-l-loh» demagunlaricha urush qilmoq buyurildi, kimki shundoq desa, molu jonini mendan omon saqlab qolg'aydir, boshqa gunohlari uchun ersa, Olloh taolo dargohida javob berg'aydir»,- deganlar-ku!» Abu Bakr: «Ollohga qasam ichurmenkim, namoz birlan zakotni farqlagan (ya'ni, birining ikkinchisidan ahamiyati ortiqroq yokim kamroq degan) kishiga qarshi jang qilg'aymen, chunkim zakot islom yo'lida qilinadirgan xayr-ehsondir. Agar Janob Rasulullohga (beva- bechoralarga tarqatmoq uchun) olib kelinayotgan echkilardan bittasi kam bo'lsa ham, xudo haqqi, jang qilg'aydirmen!» - deydilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo Abu Bakrning qalbiga qanchalar shijoat ato etgandir! Men uning haq ekanligini tushung'aydirmen»,- deydilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling