Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Ey
parvardigor, meni qabr va o't azobidan, hayotu mamot hamda Masih Dajjol
fitnasidan saqlag'il, deb senga iltijo qilg'aymen!»-der erdilar».
87-bob. G'iybatchilikdan va siydikdan hazar qilmaganlik uchun qabrda
beriladirgan azob to'g'risida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam ikki
qabr yonidan o'tayotib, «Bu qabrdagi mayyitlar azob chekmoqda, biroq katta gunoh
uchun azoblanayotganlari yo'qdir. Bulardan
biri chaqimchilik qilar erdi, ikkinchisi ersa,
siydigidan ehtiyot bo'lmas erdi»,-dedilar. Keyin, bir ho'l nordani olib, ikkiga bo'ldilar-da,
har bir qabrga bittadan sanchib qo'yib: «Shoyad, shul cho'plar quriguncha
azoblari
yengillashg'aydir!»-dedilar».
88-bob. Mayyitga ertami-kechmi boradirgan joyini ko'rsatib qo'ymoq haqida
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Agar birortangiz o'lsangiz, sizga qabrda ertami-kechmi boradigan joyingizni
ko'rsatishg'aydir.
Agarjannatga loyiq ersangiz, jannatga; agar do'zaxga munosib
ersangiz, do'zaxga tayin qiling'aydirsiz. Keyin, sizga: «Olloh taolo seni qiyomat kuni
qayta tiriltirguncha, boradigan joying qay yer erkanlig'in bilib qo'yg'il!»-deyishg'aydir».
Do'stlaringiz bilan baham: