Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Agar mushrik o'limi oldidan «Lo iloha illalloh» desa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

79-bob. Agar mushrik o'limi oldidan «Lo iloha illalloh» desa....
Sa'id ibn Musayyabning otalari rivoyat qiladirlar: «Abu Tolib vafot etayotganlarida 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u kishining huzurlariga keldilar. U yerda Abu Jahl 
ibn Hishom va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn al-Mug'iyrani ko'rdilar. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Abu Tolibga: «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz! Men 
bunga Olloh taolo huzurida guvoh bo'layin!» — dedilar. Shunda Abu Jahl va Abdulloh ibn 
Abu Umayya: «Ey Abu Tolib, Abd ul-MutaNib dinidan qaytg'aymisen?» — deyishdi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kalima keltiringiz!» — deb qayta-qayta 
aytaverdilar. Boyagilar bo'lsa, o'zlarining gaplaridan qolishmadi. Nihoyat, Abu Tolib 
o'zining Abd ul-Mutallib dinida ekanligini aytib, jon taslim qildi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Qasamyod etib ayturmenkim, agar Olloh taolo rad etmasa, undan 
sizni kechirmog'ini so'rag'aymen!»—dedilar. Olloh taolo: «Payg'ambarning haqqi yo'q...
» — degan oyatni nozil qildi».
80-bob. Qabrga ho'l cho'p (novda) sanchib qo'ymoq
Burayda al-Aslamiy o'zining qabriga ikkita ho'l cho'p (novda) sanchib qo'ymaklarini 
vasiyat qildi. Ibn Umar, Abdurrahmonning qabri ustidagi chodirni ko'rib: «Olib tashlag'il, 
ey bola! Abdurrahmonga uning qilgan yaxshi amallari soya berg'aydir!»—dedilar. Xorija 
ibn Zayd: «Usmon ibn Affonning zamonida biz yosh yigitcha erdik. Ichimizda eng 
sakrovchanimiz Usmon ibn Maz'unning qabridan bir sakrab o'tib ketgan erdi»,— dedilar 
(demak, qabr ustida sag'ana bo'lib, undan qabrda yotgan mayyitga na foyda va na zarar 
bordir, foyda — mayyitning hayotligida qilgan solih amallaridir!).
Usmon ibn Hakim: «Xorija meni qo'limdan ushlab qabr ustiga o'tqazib qo'ydi-da, amakisi 
Yazid ibn Sobitning qabr ustida qazoi hojat qilmoqni qoralaganini aytdi»,— deydilar. Nofi' 
raziyallohu anhu: «Ibn Umar raziyallohu anhu qabr ustiga o'ltirib ham dam olaverar 
erdilar»,— deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki 
qabr yonidan o'tayotib: «Bu ikki qabrdagi mayyitlar azoblanmoqdalar, ammo katta 
gunohlari uchun azoblanayotganlari yo'q. Ulardan biri siydigidan ehtiyot bo'lmas erdi, 
ikkinchisi ersa, chaqimchilik qilur erdi»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
sallam bir ho'l novdani olib, ikkiga bo'ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo'ydilar. 
Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, nega bundoq qildingiz,?»—deb so'rashdi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Shoyad, shu ikki novda quriguncha azob ham barham 
topsa!»—dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling