Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Lahadga (birdaniga bir necha o'lik qo'yiladirgan bo'lsa) kim avval


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

74-bob. Lahadga (birdaniga bir necha o'lik qo'yiladirgan bo'lsa) kim avval 
qo'yilg'aydir?
Imom Buxoriy «lahad» so'zining ma'nosi haqida bunday deydilar: «Lahad qabrga 
nisbatan nishabroq bo'lgani uchun ham lahad deyilg'aydir, har bir jabr qilg'uvchi odam 
ersa, mulhid deyilg'aydir. Qur'oni Kariymdagi «multahidan» so'zi ham «bir tekis nishab» 
degan ma'noni anglatg'aydir. Agar lahad (qabr) nishab bo'lmaganda erdi, zarih 
(sog'ona) bo'lgan bo'lar erdi».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 
halok bo'lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo'ydirar erdilar. Qabrga qo'yishdan avval: 
«Qaysi biri Qur'onni ko'p yodlagandir?» - deb so'rar erdilar. «Qur'onni ko'p yodlagan 
mana shu Id ir»,- deb ko'rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo'ydirar erdilar. So'ng: «Men 
bularning (Olloh yo'lida shahid bo'lganlig'iga) guvohdirman!»-deb ularning 
jarohatlaridagi qonni yuvdirmay va janoza ham o'qitmay dafn qildirar erdilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida 
halok bo'lgan har ikki shahiddan birini ko'rsatib: «Bularning qaysi biri Qur'onni ko'p 
yodlagandir?»-deb so'rar erdilar. So'ng, qaysi birini ko'rsatishsa, o'shani sherigidan 
avval qabrga qo'ydirar erdilar. Mening otam birlan amakim ham bir jangda halok bo'lib, 
ikkalalari bitta kafanga kafanlangandirlar»(?).
75-bob. Qabrni (lahadni) berkitishda nzxir va boshqa o't-o'lanlardan 
foydalanmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Olloh taolo Makkai Mukarramani muhtaram qildi. Unda qon to'kmoq mendan avval ham 
biror kishiga ruxsat etilmagan, mendan keyin ham biror kishiga ruxsat etilmag'aydir. 
Menga ersa, fath kuni (Makka zabt etilgan kuni) bir soatgagina urush qilmoqqa ijozat 
berildi. Makkaning hatto ko'katlarini yulmoq, daraxtlarini sindirmoq ham makruhdir!
Unda ov qilinmag'aydir, tushib qolgan narsaga tegilmag'aydir. Tushib qolgan narsani 
odamlarga ma'lum qilmoq uchungina qo'lga olmoq mumkindir»,- dedilar. Shunda men: 
«Izxirnigina yulmoqqa ruxsat beringiz, chunkim biz undan bo'yoq olg'aymiz va uni 
qabrni (lahadni) yopishda ishlatg'aydirmiz»,- dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
va sallam: «Izxirni bo'lsa, mayli!» - dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh o'shanda 
«Qabrlarimiz va uylarimiz uchud bo'lsa, mayli!» deb aytdilar»,-deydilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling