Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Janozada mayyitning so'zlashi to'g'risida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

89-bob. Janozada mayyitning so'zlashi to'g'risida
Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
deganlar: «Mayyit tobutga qo'yilib, odamlar uni yelkalariga ko'tarishganda, agar ul 
hayotligida solih banda bo'lgan ersa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, basharti solih 
banda ermasa, «Voy sho'rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»-deb aytg'aydir. Uning 
ovozini odamlardan boshqa hamma narsa eshitg'aydir, agar odamlar ham eshitsa erdi, 
hushidan ketib, yiqilg'ay erdi».
90-bob. Musulmonlarning bolalari to'g'risida nimalar deyilgan?
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Kimning norasida uchta bolasi o'lsa, ular ota-onasini do'zax o'tidan parda bo'lib to'sib 
turg'aydir, yokim ushbu ota-ona o'lgan norasida bolalar tufayli jannatga kirg'aydir»,- 
deganlar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Birorta ham musulmonning norasida uchta bolasi o'lmasin! Mabodo, o'lsa, Olloh 
taolo uni o'shal bolalari tufayli jannatga kiritg'aydir»,-deganlar».
Barro' raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va' sallamning (o'g'illari) Ibrohim 
alayhissalom vafot qilganlarida, «Jannatda uning rizo'iy onasi bordir» deb aytganlarini 
eshitgan erkanlar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
91-bob. Mushriklarning bolalari haqida nimalar deyilgan?
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 
mushriklarning bolalari to'g'risida so'rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularni yaratgan 
vaqtda ne qilmoqlari lozimligini aytgan»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamdan mushriklarning o'lgan norasida bolalari xususida so'rashganda, ul kishi:
«Olloh taolo ularning ne qilmoq larini aytgan erdi»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Har bir bola tabiatan musulmon bo'lib tug'ilg'aydir, biroq ota-onasi uni, hayvon o'z 
bolasini hayvon qilib tarbiyalagandek, yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib 
tarbiyalag'aydir. Aytingiz-chi, sizlar hayvon bolasining biror a'zosi (shoxi, burni, qulog'i) 
kesik holda dunyoga kelganini ko'rganmisizlar?» -dedilar».
92-bob.
Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam namoz o'qib bo'lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko'rdi?»-deb so'rar 
erdilar. Odamlar ko'rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh 
taolo ne xohlasa, o'sha bo'lg'aydir!»-deb ta'bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan:
«Birortangiz tush ko'rdingizmi?» - deb so'radilar. Biz: «Yo'q»,- dedik. Shunda Janob 
Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko'rdim, tushimda ikki kishi qo'limdan yetaklab, 
meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o'tiribdir va bir kishi 
tikturibdir. Tik turgan kishi qo'lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan 
eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o'tirgan kishining bu lunjiga 
tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan 
chiqarmakdadir. Changakni sug'urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan 
kishi o'tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to'xtovsiz tiqib, sug'urar erdi. 
Buni ko'rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg'il, ketdik!» - deyishdi. Bir 
joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tikturibdir. Uning 
qo'lida mushtdek tosh bo'lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh 
sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag'in olib kelguncha chalqancha 
yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan 
kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so'radim. Ular: 
«Yurg'il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o'xshash og'zi tor, tubi keng bir 
chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga 
chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga 
yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O'tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang'och 
erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so'radim. Ular: «Yurg'il, 
ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo'yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg'og'ida 
bir odam, o'rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg'oqqa 
chiqg'aymen desa, qirg'oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib 
yubormakdadir. U yana chiqg'aymen desa, tag'in urib tushirib yubormakdadir. «Bu 
nedir?»-dedim. Ular: «Yurg'il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog' oldidan 
chiqib qoldik. Bog'da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to'da bolalar 
o'tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o't yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko'tarib 
daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ko'rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. 
Keyin, meni daraxtning yuqorirog'idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi 
avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o'tirishgan 
erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi 
ko'rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo'pti!»-deb menga tushuntira 
ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg'onchi) bo'lib, uning 
gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o'zing ko'rganingdek, qiyomatgacha 
azob berilg'aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur'ondan bexabar 
qilgan odam bo'lib, u kechalari g'aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. 
Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg'aydir. Chuqurda ko'rganlaring - zino 
qilgan odamlardir, daryoda ko'rganlaring ersa, sudxo'rlardir. Daraxt tagida o'tirgan chol 
ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot 
etgan bolalaridir. O't yondirayotgan shaxs o't yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi 
uy, umum mo''minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo'lsam, 
Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so'ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni 
ko'targ'il!» -dedilar. Men boshimni ko'tarsam, tepamda bulutga o'xshash bir joy ko'rindi. 
Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo'yib yuboringiz, o'shal 
maskanimga kirayin!» desam, ular: «H a I i umring tugagani yo'qdir, tugasa, o'shal 
manzilingga kelg'aydirsan»,- deyishdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling