Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Zakot beraman, deb bay'at qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

99-bob. Zakot beraman, deb bay'at qilmoq
Olloh taolo bu xususda: «Agar tavba qilib, namoz o'qisalar va zakot bersalar, sizning 
dindosh birodarlaringizdirlar»,- deydir.
Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga
namoz o'qig'aydirmen, zakot berg'aydirmen va har bir musulmonga (bu haqda) nasihat 
qilg'aydirmen, deb bay'at (qasam) qildim»,- deydilar.
100-bob. Zakot bermaydirgan (odam) ning gunohi
Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Xazina-xazina tilla va kumushlar jamlab, Olloh 
yo'lida sarf qilmaydirganlarni qiyomat kuni beriladirgan qattiq azobdan ogoh qilingizlar! 
O'shal kuni butun jamlagan xazinalari jahannam o'tida qizdirilib, u birlan xazina 
sohibining peshonasi, ikki biqini va orqasi dazmol qiling'aydir. Jamlagan mol- 
dunyoingizning sizga ko'rsatadirgan oqibati mana shul bo'lur. Qiyomat kuni jamlagan 
xazinalaringizning mazasini bir tatib ko'ringiz-chi!»
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tuyasi ko'p 
bo'laturib, zakot bermagan ersa, qiyomat kuni eng semiz tuyasi kelib, uni tepkilag'aydir, 
agar qo'yi ko'p bo'la turib, zakot bermagan ersa, eng semiz (baquvvat) qo'yi kelib, uni 
tuyoqlari birlan tepkilab, shoxlari birlan suzg'aydir»,- dedilar («Ularni suv bo'yiga olib 
borib sug'ormoq ham zakotdir»,- deydilar Imom Buxoriy). Janob Rasululloh yana bunday 
dedilar: «Qiyomat kuni qaysi biringizdir yelkangizda ma'rab turgan qo'y ko'tarib kelib: 
«Ey, Muhammad!» - dersiz. Shunda men: «Sen uchun hech narsa qilolmasman, men 
ilgari aytgandim»,- derman. Keyin, bittangiz yelkangizda bo'kirib turgan tuya ko'tarib 
kelib: «Ey Muhammad!» - dersiz. Shunda men: «Sen uchun hech narsa qilolmasman, 
men ilgari aytgandim»,- derman».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
«Kimga Olloh taolo mol-dunyo bergan bo'lsa-yu, u zakot bermagan bo'lsa, jamg'argan 
boyligi qiyomat kuni ilon shakliga kirib, egasining tanasiga o'ralib olib chaqg'aydir, 
so'ng: «Men mol-dunyoingdirman, men xazinangdirman» — deb aytg'aydir»,— dedilar. 
Keyin, «Xasislik qilg'uvchilar o'ylamasinlarkim...» degan oyatni o'qidilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling