Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Sadaqani rad qiladirgan davrlar kelmasidan oldin sadaqa berib
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
106-bob. Sadaqani rad qiladirgan davrlar kelmasidan oldin sadaqa berib
qolmoq to'g'risida Horisa ibn Vahb: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgandirman»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim sadaqangizni oladirgan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy odam topilmaydirgan davrlar kelg'aydir, o'shanda biror kishiga sadaqa olib borsangiz, «Kecha kelganingda so'zsiz qabul qilg'ay erdim, ammo bugun unga mening hech qandoq hojatim yo'qdir»,- deydir». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mol-dunyongiz to'lib-toshib ketmaguncha qiyomat bo'lmag'aydir. Shundoq davrlar kelg'aydirkim, hatto badavlat odam kimga sadaqa bermog'in bilmay qolib, duch kelgan odamga sadaqa tutaverg'aydir, biroq «Mening muhtojligim yo'qdir» deb hech kim olmag'aydir»,- dedilar». Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdim, ikki kishi kirib keldi. Ulardan biri qashshoqligidan, ikkinchisi ersa, qaroqchilardan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 'dedilar: «Yo'lto'sarlar masalasiga kelsak, hatto karvon Makkaga soqchilarsiz yo'l olganda ham, senga ularning zarari kamroq tekkaydir, ammo qashshoqlik masalasiga kelsak, sizlar sadaqa bergayman deganingizda b'irortangiz ham sadaqa olg'uvchi odamni qidirib topolmaydirgan davr kelmaguncha qiyomat bo'lmag'aydir. So'ng, qay biringizdir Olloh taoloning qarshisida tik turib javob berursiz, o'rtangizda parda ham, so'zingizni tarjima qilib turadirgan tilmoch ham bo'lmag'aydir. Shunda Olloh taolo: «Senga mol-dunyo ato qilmag'anvdi erdim?!» - deydir. Banda: «На»,- deb javob berur. So'ng, Olloh taolo: «Senga payg'ambar yubormag'anmi erdim?!»-deydir. Banda: «На»,- deb javob berur. Keyin, banda o'ng tomoniga qaraydir, do'zaxdan boshqa narsani ko'rmag'aydir, so'ng chap tomoniga qaraydir, tag'in do'zaxdan o'zga narsani ko'rmag'aydir. (Shuning uchun) har biringiz loaqal yarimta xurmo sadaqa qilib, u ham bo'lmasa, loaqal bitta yaxshi so'z aytib, o'zingizni do'zax o'tidan asrangiz!» Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Shunday zamonlar keladirki, o'shanda kishi tillani sadaqa qilg'aymen desa ham, sadaqa olguvchini qidirib topolmag'aydir, ayollarning ko'pligi va erkaklarning ozligidan qirq ayol bitta erkakning ketidan yalinib yurg'aydir». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling