Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
hurmati, men o'lganimdan keyin sizlardan xotirjamdirmen, faqat,
mol-dunyo ketidan
quvmasangizlar, deb qo'rqg'aymen, xolos»,- dedilar».
72-bob. Ikki yoki uch mayyitni bir qilib dafn etmoq haqida
Jobir ibn Abdullox rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida
shahid bo'lgan kishilarning har ikkitasini bir qilib qabrga qo'ydirar erdilar».
73-bob. «Shahidlarni yuvmoq lozim ermas»,- degan kishilar haqida
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarni
(yuvmay) qonlari birlan dafn qilaveringizlar!» - dedilar. O'shal kuni shahidlarni hech kim
yuvmadi».
Do'stlaringiz bilan baham: