Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari)


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

45-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari) 
haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Makkaga bormoqchi bo'lganlarida: «Xudo xohlasa, ertaga Baniy Kinona kufrga ahd 
qilgan yerga - Xayfga borg'aydirmiz?» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Minoda ekanliklarida: «Ertaga, Nahr kuni biz Baniy Kinonaning Xayfiga - ular kofirlikka 
sadoqat bildirib, qasamyod qilgan yerga borg'aydirmiz»,-dedilar. Shunda ul kishi 
Muhassabni (Minodagi tosh otadirgan joyni) nazarda tutdilar. O'sha yerda Quraysh va 
Kinona qabilalari Baniy Hishom va Baniy Abd ul-Mutallib (yoki Baniy ul-Mutallib) 
qabilalariga Muhammad sallallohu alayhi va sallamni ushlab topshirmagunlaricha o'zaro 
qiz oldi-berdi va savdo-sotiq qilmaslikka ont ichishgandi».
46-bob.
Olloh taolo ikki oyati kariymasida bunday deydir: «Ibrohim aytgan erdi: «Ey 
Parvardigor-o, bul shaharni omonlik maqomi aylag'il (va) meni va mening farzandlarimni


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
butlarga ibodat qilmoqdan saqlag'il!»; «Parvardigorim, bular (butlar) ko'p insonlarni 
yo'ldan ozdirmishdir. Kimki menga ergashg'aydir, ul menga mansubdir va kimki menga 
osiylik qilg'aydir, sen albatta mag'firatlik mehribondirsen! Ey Parvardigorimiz, haqiqatan 
men ba'zi avlodimni (ya'ni, Hazrat Ismo'il alayhissalomni, chunkim Hazrat Ishoq va 
boshqalar Shomda erdilar) ekin unmaydirgan yerga - hurmatli uying qoshig'a 
joylashtirdim. Ey rabbimiz, ular namoz o'qisinlar, sen ayrim insonlarning dillarini ularga 
moil aylag'il!»
47-bob.
Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Olloh taolo Ka'bani - Bayt ul-Haromni 
ham, hurmatli oylarni (haj oylarini) ham, bo'yniga nishon osilgan jonliklarni (qurbonlik 
aylamoq niyatida bo'yniga biror alomat osib qo'yilgan jonliqlarni) ham insonlarning (bu 
dunyoda) tirik turmoqlari uchun sabab qildi. Bular, sizlar Olloh taoloning osmonlarda va 
yer ostida mavjud har bir narsadan xabardor hamda har bir narsani albatta bilguvchi zot 
erkanlig'in bilib qo'ymog'ingiz uchun shundoq qilingandir!»
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Ka'bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash xarob qilg'aydir»,-deganlar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Ramazon farz bo'lmog'idan oldin Muharram 
oyining o'ninchi kuni ro'za tutishar erdi. O'sha kuni Ka'baga parda tutilg'ay erdi. Olloh 
taolo Ramazonni farz qilganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim istasa, o'sha 
kuni ro'za tutsin, kim istamasa, tutmasin!» - dedilar».
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Ya'juj va Ma'juj chiqqandan keyin ham Ka'ba, albatta,. haj va tavof qiling'usidir»,- 
dedilar. Sho''ba: «Ka'ba tavof qilinmay qolguniga qadar qiyomat sodir bo'lmag'aydir»,- 
dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling