Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ka'baga jild kiydirmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

48-bob. Ka'baga jild kiydirmoq haqida
Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Men va Shayba Ka'badagi kursiga kelib o'tirdik. Umar 
raziyallohu akhu ham o'sha yerda o'tirgan erdilar. Ul kishi: «Men Ka'bada tillani ham, 
kumushni ham qoldirgim kelmay, barchasini odamlarga taqsimlab berdim»,- dedilar 
(Odamlar Ka'baga tashlab ketgan sadaqalar nazarda tutilayotir). Shunda men: «Sizning 
ikki do'stingiz bundoq qilishmadi-ku?!»-dedim. Hazrat Umar: «Ular men iqtido qiladirgan 
kishilardir»,- dedilar».
49-bob. Ka'baning buzib tashlanmog'i to'g'risida
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir qo'shin Ka'baga urush 
qilmoqchi bo'lg'aydir, biroq ularni yer yutib ketg'aydir» deganlar»,-deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men 
Ka'bani buzayotgan kishini ko'rib turgandekman, ul qop-qora, ikki oyog'i maymoq bo'lib, 
Ka'baning toshlarini bittalab ko'chirmakdadir»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka'bani ikki
boldiri ingichka, quruqshagan habash buzg'aydir» - deb aytdilar» ,— deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
50-bob. Al-Hajar ul-Asvad - Qora Tosh haqida ne deyilgan?
Obis ibn Rabiy'a rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu Qora Toshga kelib o'tirdilar- 
da, «Men sening tosh erkanlig'ingni va zararing ham, foydang ham yo'q erkanlig'ini 
bilurmen. Agar Nabiy sallallohu alayhi va sallam seni o'payotganlarini ko'rmaganimda, 
men seni o'pmas erdim»,- dedilar».
51-bob. Ka'baning yopilmog'i haqida; Ka'baning qaysi tomoniga qarab namoz 
o'qimoqni xohlasa, o'qiyverg'aydir
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam, Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha Ka'baga kirib, eshigini yopib qo'ydilar. 
Ular eshikni ochishganda men birinchi bo'lib ichkariga kirdim. Shunda, Bilolni uchratib: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'ba ichida namoz o'qidilarmi?» - deb so'radim. 
Bilol: «Ha, ikki yamaniy ustun oralig'ida»,- deb javob berdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling