Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Fitnadan hazar qilmoq dindandir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

11-bob. Fitnadan hazar qilmoq dindandir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Shunday davrlar kelgaydirki,musulmon 
o'z dinini fitnalardan asramoq maqsadida tog'u-toshlarga qo'y haydab chiqib ketishni 
afzal ko'rsa,ajab ermas."
12-bob.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Men hammalaringizdan ko'ra Ollohni 
yaxshiroq bilgayman"(Kishining diyonati,iymoni mustahkamlangani sari Ollohni 
yaxshiroq taniyveradi)
13-bob.
Ollohni dil ko'zi bilan ko'rmoq, tanimoq kerak(ya'ni,iymon kalima keltirish bilangina 
bo'lmaydir,balki Ollohga qalbdan e'tiqod qilmoq lozim).Oyati karimada:"(Olloh taolo) 
og'zingizdan beixtiyor chiqib ketgan qasam uchun gunohkor qilmagaydir, lekin dilingizga 
tugilgan yomonliklaringiz uchun gunohkor qilgaydir" deyilgan.
Oisha onamiz aytganlar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam sahobalariga qudrati 
yetadigan ishni buyurgan edilar,sahobalar:"Biz siz singari emasmiz-ku,Olloh sizning 
ilgarigi va kelgusi gunohlaringizni kechirgan(shuning uchun ham bizga ko'proq ish 
buyuravering,biz ko'proq riyozat chekmog'imiz lozim)",-dedilar.Rasulullohning g'azablari 
kelgani yuzlaridan bilindi:"Oralaringizda eng taqvoliroq va Ollohni tanidiganroq kishi 
menman",-deb javob qildilar".
14-bob. Qayta kofir bo'lmoqni o'tda kuymoqni rad qilgandek rad etmoq 
iymondandir
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Quidagi 3 narsa kimda bo'lsa, u iymondan 
halovat topgusidir:
— kimki Olloh va uning Rasulini boshqalardan yaxshiroq ko'rsa;
— yaxshi ko'rgan kishisini faqat Olloh yaxhsi ko'rgani uchun yaxshi ko'rsa;
— kofirlikka qaytishlikni xuddi o'tga tushgandek yomon ko'rsa".
15-bob. Iymon ahlining hayotlarida qilgan ishlariga ko'ra bir-birlaridan 
afzalliklari.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam deganlar:"Ahli jannat jannatga kirgaydir,ahli do'zax


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
do'zaxga kirgaydir, keyin Olloh taolo maloikalriga:"Qalbida zarracha iymoni bor odamni 
do'zaxdan 
c h iq a r in g iz ! " , - d e b
aytadir. Ular shundan so'ng, kuyib, qorayib ketgan holda 
do'zahdan chiqgaydirlar, hayot daryosida cho'milgaydirlar, yomg'irdan keyin giyohlar 
ungandek badankari ko'rkam bo'lg'usidir".
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Tushimda ko'rsam, odmlarning ko'ylaklari 
etagi ko'kraklari barobarida, ba'zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida 
Umar ham bor,uning ko'ylagi uzun,hatto yerda sudralib yuribdir".Sahobalar 
so'radilar:"Nimaga yo'ydingiz?"."Dinga yo'ydim",-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va 
sallam.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling