Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
SALOT (NAMOZ) KITOBI
1-bob. Me'roj kechasida namoz qanday farz qilingan? (Me'roj Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga hijratlaridan bir yil avval, Imom Navaviyning aytishlaricha, Rabi' ul-avval oyida bo'lgan erdi). Abu Sufyon Hiraqlga: «Payg'ambar alayhissalom bizga namoz o'qimakni, halol va pok bo'lmakni buyuradilar»,— deb aytgan ekanlar. Abu Zarrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Makkada ekanlig'imda uyimning shipi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Ko'kragimni yorib, ichini zam-zam suvi birlan yuvdilar, keyin iymonu hikmat to'la tilla jom keltirdilar-da, uni ko'kragimga qo'ydilar, so'ng ko'kragimni yopdilar. Shundan keyin Jabroil alayhissalom qo'limdan ushlab meni eng yaqin birinchi osmonga olib chiqdilar. Birinchi osmonga chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg'il!» — deb aytdilar. U: «Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog'iga ruxsat bo'ldimi?» — dedi. Jabroil alayhissalom: «На»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga ko'tarildik. U yerda bir kishi o'tiribdi. Uning o'ng tomonida ham, chap tomonida ham odam gavjum. O'ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig'laydi. O'sha kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg'ambar, yaxshi o'g'il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — deb so'radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o'ng va chap tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o'ng tomondagilari jannat ahli va chap tomondagilari do'zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o'ng tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig'laydilar»,— dedilar Jabroil alayhissalom. Keyin, meni ikkinchi osmonga olib chiqib, osmonbonga: «Ochg'il!» — dedilar. Ikkinchi osmonbon ham birinchi osmonbon aytgan so'zlarni aytdi, so'ng darvozani ochdi». Abu Zarr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmon qavatlarida Odam alayhissalomni, Idris, Muso, Iso va Ibrohim salavotullohi alayhimlarni ko'rdilar»,— deb aytdi. Lekin ularni qaysi osmonda ko'rganlarini aniq aytmadi. Faqat Odam alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda ko'rganlarinigina zikr qildi, xolos»,— Deydilar Anas raziyallohu anhu va hikoyani davom etdiradilar: «Xazrat Jabroil payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni Idris alayhissalomning yonlaridan olib o'tayotganlarida, Idris alayhissalom: «Xush kelibsiz, yaxshi payg'ambar, yaxshi birodar!» — debdilar. Shunda Rasululloh: «Bu kim?» — deb so'rabdilar. «Bu Idris»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Muso alayhissalomning yonlaridan olib o'tibdilar, u kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg'ambar, yaxshi birodar!»— debdilar. Rasululloh: «Bu kim?» — debdilar. «Bu Muso»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Iso alayhissalomning yonlaridan olib o'tibdilar. Shunda u kishi: « Xush kelibsiz, yaxshi birodar, yaxshi payg'ambar!» — debdilar. Rasululloh: «Bu kim?»—deb so'rabdilar. «Bu Iso alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Ibrohim alayhissalomning yonlaridan olib o'tibdilar. U kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg'ambar, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy yaxshi o'g'il!» —debdilar. «Bu kim?» deb so'rabdilar Janob Rasululloh. «Bu Ibrohim alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil». Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o'sha joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim yarmini kechdi. So'ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so'zim qat'iydir, boshqa o'zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli- tuman ranglar shunchalik chulg'ab olg'ankim, uning ne ekanlig'in bilolmadim. Keyin, jannatga kiritildim. Uning so'qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog'i ersa mushk erkan». Oisha ummulmu'minin: «Olloh taolo namozni farz qilgan paytida ikki-ikki rak'atdan farz qildi; musofir uchun ikki rak'at, muqim yashovchi uchun ikki rak'at. Safarda o'qiladigan namoz o'sha ikki rak'atligicha qoldi. Lekin muqim kishilar namozi (3—4 rak'atga) ko'paytirildi»,— deganlar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling