Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro‘zador kishining o‘z ayolini o‘pmog‘i haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet462/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

23-bob. Ro‘zador kishining o‘z ayolini o‘pmog‘i haqida 
Jobir ibn Zayd: «Agar ro‘zador kishi o‘z xotiniga muhabbat ila qarasa-yu, tahorati sinsa, 
ro‘zasini davom ettiraverg‘aydir»,- deydirlar. 
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tutgan hollarida 
ba’zan xotinlarini o‘par erdilar»,- dedilar-da, kulib qo‘ydilar. 
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam birlan bir to‘shakda yotgan erdim, to‘satdan hayz ko‘rib qoldim. Shunda, Janob 
Rasulullohning bag‘rlaridan sekingina chiqib ketdim. Janob Rasululloh: «Nima, hayz 
bo‘lib qoldingmi?»-dedilar. Men: «Ha»,- dedim-da, kiyimlarimni almashtirib, yana 
to‘shakka kirdim». 
Ummu Salama va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalalari ham nahs bo‘lib 
qolganlarida bir idishdan g‘usl qilar erdilar. Janob Rasululloh ro‘za bo‘lsalar ham Ummu 
Salamani o‘par erdilar. 
24-bob. Ro‘za tutgan odamning g‘usl qilmog‘i haqida 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za tutgan bo‘lsalar ham, bir ko‘ylakni xo‘llab, o‘z 
ustlariga tashlab qo‘ymoqni buyurdilar. Imom Sha’biy ro‘za tutgan bo‘lsalar ham 
hammomga kirdilar. Ibn Abbos: «Kishi ro‘za bo‘la turib qozondagi taomning tuzini tili 
birlan tatib ko‘rib, ichiga yutmasdan tuflab tashlasa, zarari yo‘qdir»,- deydirlar. Hasan 
Basriy: «Ro‘zador kishi og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa, suv birlan badaniga orom 
bersa bo‘lur»,- deydilar. Ibn Mas’ud: «Qaysi biringiz ro‘za tutsangiz, badaningizga 
xushbo‘y narsalardan surtib, o‘zingizga oro beringiz!»- deb tavsiya qiladirlar. Anas 
raziyallohu anhu: «Menda bir katta idish bor, unga suv to‘ldirib, ro‘za bo‘lishimga 
qaramay, ichiga tushib olg‘ayman»,-deydilar. Janob Rasululloh ro‘za tutgan paytlarida 
ham misvok birlan tishlarini tozalar erdilar, deyishadi. Ibn Umar: «Ro‘zador odam 
ertalab va kechga yaqin misvok birlan tishini tozalamog‘i mumkin»,- deydilar. Ato 
raziyallohu anhu: «Ro‘zador odam tupugini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir. demasman»,- 
deydilar. Ibn Sirin: «Ro‘zador odam misvok ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deb aytdilar. 
Shunda ul kishiga: «Misvok nam bo‘lgach, og‘izga uninG mazasi chiqadir-ku!» - 
deyishdi. Ibn Sirin: «Ro‘zador bo‘la turib suv birlan og‘iz chayqaladir-ku, unda ham 
maza bor-ku!»-deb javob qildilar. Anas va Hasan Basriy: «Ro‘zador odam surma 
ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deyishadi. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
382
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonda 
subh vaqtida bulg‘anib qolar erdilar. So‘ng, g‘usl qilib, ro‘za tutishni davom 
ettiraverardilar». 
Abu Bakr ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Oisha raziyallohu 
anhoning uylariga kirdik. Shunda Oisha onamiz: «Qasam ichib ayturmenkim, Janob 
Rasululloh jinsiy yaqinlik qilmay turib, nahs bo‘lib qolganlarida (bulganib qolganlarida) 
g‘usl qilardilar-da, ro‘za tutishda davom etaverardilar»,- deb aytdilar. So‘ng, biz Ummu 
Salama oldilariga kirdik, ular ham Oisha onamiz aytgan gaplarni aytdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling