Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo‘ysa-yu, buning
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
29-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo‘ysa-yu, buning
kafforati uchun beradirgan hech narsasi bo‘lmasa.... Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘tirgan erdik. Shu payt, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men halok bo‘ldim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Senga ne bo‘ldi?» -dedilar. Boyagi kishi: «Ro‘za holimda kunduz kuni o‘z xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qul ozod qilmoqqa qurbing yetg‘aydirmi?» - deb so‘radilar. O’: «Yo‘q, qurbim yetmag‘aydir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,-dedi. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, oltmish kishiga taom bera olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,- dedi-da, jim qoldi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta savatda to‘la xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi odam qani?» - deb so‘radilar. U: «Shu yerdaman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Mana bu xurmoni olib, kambag‘allarga ehson qilg‘il»,- dedilar. U: «Yo Rasululloh, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, Madinada mening xonadonimdan kambag‘alroq xonadon yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh tabassum qildilar, hatto muborak og‘izlaridagi tishlari ham ko‘rinib ketdi: «Undoq bo‘lsa, xurmoni olib borib, oilangga yedirg‘il»,- dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 384 30-bob. Ramazon kuni xotiniga yaqinlik qilib qo‘ygan kishi, oilasi muhtoj bo‘lsa, beradigan kafforatini oilasiga yediradimi? Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib, Ramazonda o‘z ahliyasi birlan jinsiy aloqa qilib qo‘yganini aytdi. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohing evaziga qul ozod qilmoqqa qodirmisen?»-deb so‘radilar. U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tutmoqqa qodirmisen?» - deb so‘radilar. U yana: «Yo‘q»,-deb javob berdi. Janob so‘radilar: «Oltmish kishiga taom bermoqqa qodirmisen?» U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir savat xurmo hadya qilindi. Janob: «Bu xurmoni o‘z nomingdan muhtojlarga yedirg‘il!» -dedilar. U kishi: «Yo Rasululloh, Madina shahrida mening oilamdan ham muhtojroq oila bormi?» - dedi. «Undoq bo‘lsa, buni o‘z oilangga yedirg‘il!» - dedilar Rasululloh». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling