Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-bob. Safarda ro‘za tutmoq va tutmaslik haqida
31-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida
Abu Hurayra: «Agar ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochilmaydir, chunki bu holda ovqat ro‘zadorning oshqozonidan chiqadir, unga kirmaydir»,- deydilar. Abu Hurayraning boshqa bir rivoyatlarida «Ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochiladir», deb aytilgan, lekin avvalgisi to‘g‘ri. Ibn Abbos va Ikrima: «Ro‘za qoringa kirgan narsadan ochiladir, chiqqan narsadan ermas»,- deydilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirar erdilar, so‘ng kechasi oldiradirgan bo‘ldilar. Abu Muso ham kechasi qon oldirardilar. Sa’d, Zayd ibn Arqom va Ummu Salamalar ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirishgani haqida rivoyat qilingan. Bukayr Ummu Alqama: «Oisha raziyallohu anho huzurlarida ro‘za holimizda qon oldirar erdik, lekin ul kishi bizni bundan qaytarmas erdilar»,- deydilar. Hasan Basriy va boshqalar: «Kishi ro‘za holda qon oldirsa, qon olganning ham, oldirganning ham ro‘zasi ochilg‘aydir», - deb rivoyat qilishadi. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘lgan chog‘larida va ro‘za tutgan paytlarida qon oldirganlar»,- deb rivoyat qiladirlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za hollarida qon oldirar erdilar»,- deydilar. Sobitulbunoniy Anas raziyallohu anhudan: «Ro‘zadorning qon oldirishini yoqtirmas erdingizlarmi?» - deb so‘radilar. U kishi: «Ha, qon oldirgandan so‘ng, madori qurib qolishini yoqtirmas erdik»,- deb aytdilar. 32-bob. Safarda ro‘za tutmoq va tutmaslik haqida Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Janob Rasululloh bir kishiga: «Iftor qilmog‘im uchun ulovdan tushib, sutni suvga (yokim talqonni suvga) aralashtirib berg‘il!»-deb buyurdilar, Ul kishi: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!»-dedi. Janob Rasululloh ikkinchi marta buyurdilar. Boyagi kishi yana: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta buyurganlaridan keyin, u ulovdan tushib, sutni suvga aralashtirib berdi. Janob Rasululloh o‘shandan ichib, og‘iz ochdilar. So‘ng, muborak qo‘llari birlan kun botar tomonga ishora qilib, «Agar qorong‘ulik mashriq tomondan tusha boshlasa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 385 Oisha raziyallohu anho: «Hamza ibn Amrulaslamiy: «Yo Rasululloh, men har doim, har kuni ro‘za tutg‘ayman»,- deb aytdi»,- deydilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hamza ibn Amrulaslamiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Safarda bo‘lganimda ham ro‘za tutaverayinmi?» -deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Xohlasang tutg‘il, xohlamasang, tutmag‘il!» - dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling