Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko‘rgan ayolning ro‘za va namozni tark qilmog‘i haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet469/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   465   466   467   468   469   470   471   472   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

40-bob. Hayz ko‘rgan ayolning ro‘za va namozni tark qilmog‘i haqida 
Abuzzanod rivoyat qiladirlar: «Payg‘ambarning sunnatlari va shar’iy ishlari ko‘pincha 
kishi fikriga xilof bo‘lur, binobarin musulmon kishi biror shariat hukmini o‘z fikriga, 
aqliga xilof, deb bilsa, albatta shariat ko‘rsatgan yo‘lga ergashmog‘i shartdir. Shunday 
ishlardan bittasi hayz ko‘rgan ayolning ro‘za qazosini tutib, namoz qazosini 
o‘qimasligidir». 
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Hayz 
ko‘rgan xotinlarning namoz o‘qimasligi va ro‘za tutmasligi ular e’tiqodidagi nuqs 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
387
ermasmu?» - deganlar (ya’ni, ayollar Olloh taologa ibodat qilmoq xususida erkaklarga 
nisbatan ayrim nuqsonlarga egadir)». 
41-bob. Vafot qilgan kishi zimmasida qolgan ro‘zaning hukmi 
Hasan Basriy: «Vafot qilgan kishi zimmasida o‘ttiz kun ro‘za qolgan bo‘lsa, o‘ttiz kishi bir 
kundan tutib bersa bo‘lg‘aydir»,- deganlar. 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
vafot qilsa, uning zimmasida qolgan ro‘zalarini (ya’ni, tuta olmagan ro‘zalarini) vafot 
qilgan kishining yaqinlari tutib berg‘aydirlar»,-deganlar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi'Nabiy*sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, onam, zimmalarida bir oylik ro‘za bo‘lgan hollarida 
vafot qildilar, o‘sha zimmalaridagi ro‘zani men ado qilsam bo‘lurmi?» - deb so‘radi. 
Janob Rasululloh: «Ha,- bo‘lg‘aydir. Chunki Ollohning qarzini ado etmoq boshqa 
qarzlarni ado k;ilmoqdan ham zarurroqdir! »- dedilar». : ' 
42-bob. Ro‘zador qaysi vaqtda ogaz ochsa, yaxshi bo‘ladir? Abu Sa’id quyosh 
gardyshi ko‘rinmay qolgaida ogiz ochar erdilar 
Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kela boshlasa, yorug‘lik ersa mag‘ribdan keta 
boshlasa va quyosh botsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar». 
Ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga safarda erdik, ul kishi 
ro‘za erdilar. Kun botgandan so‘ng, bir kishiga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni 
aralashtirmoqni buyurdilar. U kishi ersa: Og‘iz ochmoqqa hali ertaroq zrmasmikin?» - 
dedi, Janob Rasululloh buyruqlarini uch bor takrorlaganlaridan so‘ng, u kishi ichimlik suvi 
tayyorladi. Nabiy sallallohu alayhi a sallam suv ichib: «Agar qorong‘ulik mashriqdan 
kelayotgan bo‘lsa, ro‘zadorning ro‘zasi ochilgan bo‘lur»,- dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   465   466   467   468   469   470   471   472   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling