Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet468/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
386
38-bob. 
Ibn Umar va Salama ibn al-Akva’: «Olloh taoloning «Ro‘za tutmoqqa qurbi yetadirgan 
kishilar ro‘za tutmasalar, bir kunlik ro‘za evaziga bir miskin to‘yadirgan taom bersinlar!» 
degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lsa, 
ro‘za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va 
sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro‘za tutmoq 
haqidagi oyat nozil bo‘lganda biz ro‘za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro‘za tutmoqqa 
qodir bo‘lmaganlarga bir kunlik ro‘za o‘rniga bir miskin to‘yadirgan miqdorda fidya 
(to‘lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro‘za tutganingiz taom 
berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo‘lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga 
ro‘za tutmoq buyurildi». 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro‘za tutmaganlar har kungi 
ro‘zasi uchun bir miskin to‘yadirgan taom bersin!» degan oyatni o‘qib, « Bu oyat bekor 
qilingan»,- dedilar». 
39-bob. 
Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro‘za tuta olmagan bo‘lsa, Ramazon oyidan so‘ng 
tutsa ham bo‘lur, uzluksiz bo‘lmog‘i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan 
ro‘zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg‘aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa’id ibn 
Musayyab: «Ro‘zaning qazosi Zulhijja oyining o‘ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, 
chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. 
Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo‘lib, ro‘za tutmasa, keyingi Ramazon oyi 
kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo‘ladi, qazo bo‘lgan ro‘za uchun fidya 
bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda 
kimki ro‘za tutolmay qolsa, qazo bo‘lgan ro‘zasi evaziga bir miskin (kambag‘al, bechora) 
to‘ygudek taom bermog‘i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo 
qilingan ro‘zalar o‘rniga taom bermoqni ermas; balkim ro‘za tutib bermoqni amr 
qilgan»,- deydilar. 
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan 
ro‘zalarimning qazosini to Sha’bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. 
Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha’bon oyida ro‘za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining 
Sha’bon oyigacha ro‘za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan mashg‘ul erkanliklaridadir»,- deydilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling