Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Xuftonning fazilati


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

21-bob. Xuftonning fazilati 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam xuftonga imomlik qilmoqlari lozim erdi. Bu voqea islom tarqalmasidan oldin 
bo‘lgan erdi. O’shanda Janob Rasululloh hadeganda masjidga chiqavermadilar, hatto 
Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Shundan keyin 
Janob Rasululloh masjidga yig‘ilgan namozxonlarga qarab: «Bul namozni (xuftonni) 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
sizlardan bo‘lak yer yuzida hech kim o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani 
yo‘qdir»,— dedilar». 
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va men birlan kemada birga kelgan 
sheriklarim Bathon degan joyga kelib tushgan erdik, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
ersalar Madinada erdilar. Ul kishi har kecha bizlardan bittamizga (navbatma-navbat) 
xuftonga imomlik qilmakni tayinlar erdilar. Men va mening sheriklarim ul kishi birlan 
kelishib oldik, ul kishi ba’zi bir yumushlari bo‘lganligi sababli tunning yarmigacha 
imomlik qildilar. Keyin, Janob Rasululloh chiqib biz birlan namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib 
bo‘lgach, o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga qarab: «Olloh taolo sizlarga ato etgan 
ne’matdan o‘zgalarni ham sekingina xabardor qilingiz, shu soatda sizlardan boshqa hech 
kim namoz o‘qiyotgani yo‘q!»— dedilar». 
22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir 
Abu Barza raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin 
uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni makruh der erdilar»,— deydilar. 
23-bob. Xuftondan oldin charchab uxlab qolgan kishi xususida 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
xuftonga imomlik qilmaklari lozim erdi, (uxlab qolib) hadeganda chiqavermadilar. 
Shunda Hazrat Umar: «Xotinlaru bolalar uxlab qoldi»,— deb ovoz qilib u kishini 
chaqirdilar. Janob Rasululloh chiqib: «Yer yuzida sizlardan boshqa hech kim xufton 
o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘ltirgani yo‘qdir»,— dedilar. O’sha vaqtlarda 
Madinadan boshqa hech qaerda namoz o‘qilmas erdi. Xuftonni shafaq yo‘qolgandan 
boshlab, tunning birinchi qismining uchdan biri oralig‘ida o‘qishar erdi». 
Abdulloh ibn Umar raziyalohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam tunlardan birida xufton vaqtida band bo‘lib qolib, unga bir oz kechikdilar, hatto 
biz u kishini kutib masjidda uxlab qoldik, bir uyg‘onib, keyin yana uxlab qoldik va yana 
uyg‘ondik, shundan keyingina Janob Rasululloh bizning oldimizga chiqdilar, so‘ng bizga 
qarab: «Yer yuzida hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir», 
— dedilar». Ibn Umarning o‘zlari, uyqu g‘oliblik qilib, xuftonni qazo qilib qo‘ymakdan 
qo‘rqmasalar, undan oldin yokim undan keyin mizg‘ib olaverar erdilar. 
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida 
xuftonga kechikdilar, hatto odamlar uxlab qoldilar, uyg‘onib, yana bir uxlab turdilar. 
Shunda Umar ibn Xattob turib, «Namoz!» deb ovoz qildilar. Ato va ibn Abbos: «Shundan 
keyin Janob Rasululloh ikki qo‘llari boshlarida, sochlaridan suv tomgancha chiqib 
keldilar-da, «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmog‘ini xohlaganimda, xuftonni shu tariqa 
o‘qimoqni buyurar erdim, dedilar», — deb aytishdi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling