Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
263
ko‘p hadislar ham aytib berdilar. Shunda Oisha onamiz Abu Hurayraning so‘zini
tasdiqlab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
shundoq deganlarini men ham
eshitgandirmen»,- dedilar. Men: «Unda, juda ko‘p qiyrot savoblarni boy beribmiz-da!»-
dedim».
57-bob. Mayyit dafn qilinguncha kutib turgan kishi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Kimki
janozada qatnashib, janoza namozini o‘qig‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir,
kimki janoza namozini o‘qib, mayyit
dafn etilguncha ketmay tursa, unga ikki qiyrot
savob tekkaydir?» -dedilar. Shunda odamlar: «Yo
Rasululloh, ikki qiyrot qanchadir?»-
deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ikkita katta tog‘dek kelur»,- dedilar».
58-bob. Kattalar birlan birga yosh bolalarning ham janoza namozi o‘qimogi
haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir
qabrning
oldiga kelganlarida, sahobalar: «Bu qabrdagi kishi o‘tgan kuni dafn qilingan»,-
deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida saf tortdik,
ul kishi
qabrdagi mayyitga janoza o‘qidilar (Ibn Abbos o‘sha paytda yosh bola bo‘lganlar)».
Do'stlaringiz bilan baham: