Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


zarur ekanligini bilmasa, ammo, ro‘za tutgan kishiga ogiz


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet473/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

zarur ekanligini bilmasa, ammo, ro‘za tutgan kishiga ogiz 
ochishdan ko‘ra, ro‘za tugan afzalroq bo‘lsa... 
Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Salmon bilan 
Abuddardo’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Shundan so‘ng, Salmon Abuddardo’ni 
ko‘rgani uylariga borsalar, Abuddardo’ning xotinlari Ummuddardo’ eski kiyim kiyib olgan 
erkanlar. Salmon: «Sizga ne bo‘ldi, bunchalik xarob kiyim kiyib olibdirsiz?»-deb 
so‘radilar. Ummuddardo’: «Birodaringiz Abuddardo’ning dunyoni suv bossa, to‘piqlariga 
chiqmag‘aydir»,- dedilar. Salmon gap nimada ekanligini fahmlab, Abuddardo’ 
kelganlarida u kishiga ovqat tutib edilar: «Men ro‘zaman, yemasmen»,- dedilar. Salmon: 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
390
«Agar siz bu taomdan yemasangiz, men ham yemasmen»,- dedilar, Abuddardo’ nochor 
yedilar. Kechasi Abuddardo’ uyqudan uyg‘onib, ibodat qilmoqchi bo‘lib erdilar, Salmon: 
«Yotingiz!»- dedilar, u kishi yotdilar, bir ozdan keyin yana turmoqchi bo‘lib edilar, yana: 
«Yotingiz!»-dedilar, u kishi yana yotdilar. Tong otay deb qolganda, Salmon: «Mana endi 
turingiz!» -dedilar-da, o‘zlari ham turib, birgalashib namoz o‘qidilar. So‘ng, Salmon 
Abuddardo’ga: «Sizda rabbingizning ham, o‘zingizning ham, oilangizning ham haqqi 
bordir, sizning ularning birortasining ham haqqiga xiyonat qilmoqqa haddingiz yo‘qdir!» 
- dedilar. Keyin, Abuddardo’ bu voqeani Janob Rasulullohga aytib berganlarida, ul kishi: 
«Salmon to‘g‘ri aytibdir»,- dedilar». 
51-bob. Sha’bon oyida ro‘za tutmoq haqida 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘zani 
shunchalik maromiga yetkazib tutar erdilarki, biz hatto ul kishi har doim ro‘za bo‘lsalar 
kerak, derdik. Ro‘za tutmagan paytlarida ersa, endi sira ham ro‘za tutmasalar kerak, 
deb o‘ylardik. Janob Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to‘liq ro‘za 
tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bon oyidan boshqa oylarda ham to‘liq ro‘za tutganlarini 
ko‘rmaganman». 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Sha’bon 
oyidan boshqa oylarda ko‘p ro‘za tutmas erdilar, chunki Sha’bon oyida to‘liq ro‘za tutar 
erdilar. Janob Rasululloh: «Qurbingiz yetadirgan ishni qilingiz, sizlarga malol kelmasa
Ollohga ham malol kelmag‘aydir»,- der erdilar. Rasululloh qisqa bo‘lsa ham, kanda 
qilmay namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Agar nafl namoz o‘qimakni odat qilgan 
bo‘lsalar, uni ham kanda qilmay o‘qir erdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling