Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 avvalgilari ham kirmaydi. Ularning yuzlari badr kechasidagi oyning suratiga o‘xshaydi», dedilar. 412/7. Husayn ibn Abdurahmondan rivoyat qilinadi. «Men Said ibn Jubayrning huzurlarida edim. Shunda u zot: «Kechagi kun qaysi biringiz yulduz tushganini ko‘rdi?» degandilar, «Men», dedim-da, keyin: «Namoz o‘qimayotgan edim, lekin nimadir chaqib olgandi», deb aytdim. (Bu so‘z bilan u zot ibodat qilib kechani bedor o‘tkazar ekan, deb o‘ylashlardan va ibodatlari riyo bo‘lishidan o‘zlarini yiroq qilmoqdalar. Haqiqatda ibodat qilmayotgan edilar.) «Keyin nima qilding?» dedilar. Men: «Dam soldim», dedim. U zot: «Bu narsaga nima majbur qildi?» dedilar. Men: «Sha’biy gapirib bergan hadis», dedim. U zot: «Sha’biy sizlarga nima deb aytdi?» dedilar. Men: «Uning Burayda ibn Husayndan qilgan rivoyatida keltirilishicha, albatta dam solish faqatgina ikki narsada joiz: ko‘z tegishida va zaharli narsa chaqib olganida», deb aytdim. Shunda u zot: «Kim eshitgan narsasi ustidagina to‘xtasa yaxshi ish qilibdi. Lekin Ibn Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan narsalarini quyidagicha so‘zlab berdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga ummatlar namoyish etildi. Ba’zi payg‘ambarlarning atrofida jamoatning, ba’zilari atrofida bir va ikki kishining turganini va ba’zilarining atrofida hech kim yo‘qligini ko‘rdim. Shu payt menga ulkan olomon ko‘rsatildi. Ummatim bo‘lsa kerak, deb gumon qildim. Ammo menga: «Bu Muso alayhissalom va u zotning qavmlari, lekin sen ufqqa qaragin», deyildi. Qarasam, ulkan olomon turibdi. Yana menga boshqa ufqqa qaragin, deyildi. Yana qarasam, ulkan olomon turibdi. «Bas, mana shu ummatingdir. Ular bilan birga yetmish mingtasi hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kiradi», deb aytildi», dedilar-da, so‘ng o‘rinlaridan turib xonalariga kirib ketdilar. Odamlar esa jannatga hisob-kitobsiz va azobsiz kiruvchi o‘sha kishilar haqida gurunglasha boshlashdi. Ba’zilari: «Ular Rasululloh sahobalari bo‘lsa kerak», deyishdi. Va yana ba’zilari esa: «Ular Islomda tug‘ilib, Allohga biror narsani sherik qilmaganlar bo‘lsa kerak», dedi va yana boshqa bir qancha narsalarni zikr qilishdi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning huzuriga chiqib: «Nima haqda gurunglashmoqdasizlar?» degan edilar, sahobalar bu haqda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatga hisob-kitobsiz va azobsiz kiruvchilar dam solmaydigan, dam soldirmaydigan va shumlanmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kimsalardir», dedilar. Ukkosha ibn Mihsan bu so‘zlarni eshitib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi o‘rnidan turib: «Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar», deb aytdilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «Menga ummatlar namoyish etildi» jumlasidan oldingi gaplar keltirilmagan. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling