Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Kim kofir holatida o‘lsa, amali foyda bermasligi haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93-bob Mo‘minlarning bir-birlariga do‘st bo‘lishi, ulardan boshqalarning esa bu narsadan uzilganlari haqida
92-bob Kim kofir holatida o‘lsa, amali foyda bermasligi haqida
404/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Ibn Jud’on ismli shaxs johiliyat davrida ham qarindosh-urug‘chilik rishtalarini tiklab, miskinlarga ovqat ulashar edi, mana shu ishlari unga (oxiratda) foyda beradimi?» deganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Foyda bermaydi, chunki u biror kun ham «Rabbig‘firliy xatiyatiy yavmaddiyn», ya’ni «Rabbim, xatolarimni qiyomat kunida kechirgin», deb aytmagan», dedilar». 93-bob Mo‘minlarning bir-birlariga do‘st bo‘lishi, ulardan boshqalarning esa bu narsadan uzilganlari haqida 405/1. Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pinhon qilib emas, balki jahriy holatda: «Ogoh bo‘linglar! Otamning yaqinlaridan falonchi (ya’ni, Hakam ibn Abuloss) mening do‘stim emas, albatta do‘stim Alloh va solih mo‘minlardir», dedilar. Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 99 94-bob Bir toifa musulmonlarning hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kirishlari dalili haqida 406/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish ming kishi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Allohdan so‘rab duo qiling, meni o‘shalardan qilsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, bu kishini o‘sha jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlardan qilgin», dedilar. Bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning rasuli! Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 407/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan bir jamoa (jannatga) kiradi. Ular yetmish ming bo‘lib, yuzlaridan badr kechasidagi oyning nuriga o‘xshab ziyo taralib turadi», dedilar. Ukkosha ibn Mihsan al-Asadiy o‘rnidan turib, ola-bula jundan to‘qilgan kiyimini ko‘tardi-da: «Ey Allohning rasuli! Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan duo qilib so‘rang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Ukkoshani bu jamoadan qilgin», dedilar. So‘ngra ansoriylardan bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar 408/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan jannatga yetmish mingtasi kiradi. Ular bir jamoa bo‘lib, oralarida oy suratidagi kishilar ham bor», deb aytdilar. 409/4. Imron roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Allohning nabiyi Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular o‘zi kimlar?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular (davolanishda) tamg‘a urmaydigan, dam soldirmaydigan va Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar. Ukkosha o‘rnidan turib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», dedilar. Va yana bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning nabiyi! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni so‘rashda Ukkosha o‘zib ketdi», dedilar. 410/5. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ular o‘zi kimlar, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular dam soldirmaydigan, shumlanmaydigan va tamg‘a urmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar. 411/6. Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ummatimdan yetmish mingtasi yoki yetti yuz mingtasi jannatga kiradi. (Ushbu hadis roviylaridan biri Abu Hozim yetmish mingmi, yetti yuz mingmi, bilmaganlar.) Ularning ba’zilari ba’zilarini ushlab olishadi. Oxirgilari kirmagunicha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling